Rustam Ismailovich Yaushev (1937-yil 17-iyul, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR – 2017-yil 20-iyul, Moskva, Rossiya) – rus grafik-rassomi, Rossiya Badiiy akademiyasining akademigi (1997). RSFSRda va (1980), Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan artist (1995).
Tarjimai holi Rustam Ismailovich 1937-yil 17-iyulda Oʻzbekiston SSRning Toshkent shahrida tavallud topgan. Moskvada yashab ijod qilgan.
1964-yilda V. I. Surikov nomidagi Moskva rassomlik institutini tamomlagan.
Rustam 1968-yildan 1970-yilgacha Kamchatka Rassomlar uyushmasi tashkiliy byurosining raisi boʻlgan. 1971-yilda Y. A. Kibrik qoʻl ostida Badiiy akademiyaning ijodiy ustaxonasini tamomlagan.
Yaushev 1974-yildan SSSR Rassomlar uyushmasi aʼzosi, 1986-yildan 1990-yilgacha RSFSR Rassomlar uyushmasi taftish komissiyasi aʼzosi hamda Moskva Rassomlar uyushmasi aʼzosi va kotibi boʻlgan. 1990–1993-yillar oraligʻida Moskva Rassomlar uyushmasi dastgoh grafikasi ijodiy uyushmasi raisi boʻlib ishlagan.
Rustam Ismailovich 1993-yildan 1996-yilgacha Krasnoyarsk rassomlik institutida rektor lavozimida faoliyat olib borgan. 1995-yilda unga professor ilmiy unvoni berilgan. Rustam 1997-yilda Rossiya Badiiy akademiyasi Grafika boʻlimining akademigi etib saylangan. 1999-yildan Rossiya Dizaynerlar uyushmasi aʼzosi boʻlgan.
2008-yildan boshlab Moskva pedagogika universitetining tasviriy sanʼat fakultetida dars bergan.
Qizi Olga (1968-yilda tugʻilgan) Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan artist, Rossiya Badiiy akademiyasining muxbir aʼzosi boʻlgan.
Ijodiy faoliyati Rustam Yaushevning asarlari Rossiyadagi 26 ta muzey va sanʼat galereyasi kolleksiyalarida, shuningdek, AQSh, Yaponiya, Fransiya, Xitoy va Turkiyadagi shaxsiy kolleksiyalarda saqlanadi.
Mukofotlari Rustam Ismailovich 1986-yilda „Hurmat belgisi“ ordeni va 1986-yilda „Baykal-Amur magistralini qurish uchun“ medali bilan taqdirlangan.
Manbalar
Turkum:Hurmat Belgisi ordeni sohiblari Turkum:Moskvada vafot etganlar Turkum:2017-yilda vafot etganlar Turkum:20-iyulda vafot etganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:1937-yilda tugʻilganlar Turkum:17-iyulda tugʻilganlar