Nozim Toʻlaxoʻjayev (1951-yil 4-yanvar, Toshkent) – sovet va oʻzbek kinorejissyori, aktyor va ssenariynavis.

Bolaligi Nozim Toʻlaxoʻjayev 1951-yil 4-yanvar Toshkent shahrida ziyolilar oilasida tavallud topgan. Otasi – Oʻzbekiston xalq shoiri Turob Toʻla. Onasi Tamara Xachaturova esa shifokor singlisi esa aktrisa boʻlgan. Nozim bolaligidan turli filmlarda epizodik rollarda oʻynagan.

Taʻlim

Toʻraboyevich 1970-yilda maktabni tugatgach, Moskvadagi Lunacharskiy nomidagi teatr sanʼati institutining rejissyorlik boʻlimiga oʻqishga kirgan. Oʻqishni tamomlagach, harbiy xizmat oʻtagan.

Mehnat faoliyati

Harbiy xizmatdan soʻng „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasida ish boshlagan. Birinchi muvaffaqiyatli asarlaridan biri Rey Bradburyning xuddi shu nomdagi hikoyasiga asoslangan apokaliptik syujetli „Budet laskoviy dojd“ multfilmi edi. Keyinchalik Bradburydan ilhomlanib, „Veld“ toʻliqmetrajli filmini suratga olgan.

Toʻlaxoʻjayev „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasida ishlagan davrida ssenariy muallifi va rejissyor sifatida koʻplab multfilmlar suratga olgan hamda bir qancha xalqaro tanlovlarda sovrinli oʻrinlarni egallagan.

Nozim aktyor sifatida koʻplab filmlar va teleseriallarda rol oʻynagan. 2020-yillardan boshlab aktyor va rejissyor sifatida ishlashda davom etmoqda.

Mukofoti

Nozim Toʻlaxoʻjayev Toʻraboyevich „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi“ unvoni bilan taqdirlangan.

Oilasi

Rejissyor kech oila qurgan. Taxminan 50 yoshida uylangan va juftlikning nikohi 10 yil davom etgan. Filmografiyasi Nozim 1976-yilda „Mening akam“ dramasidagi Ravshan rolidan keyin keng shuhrat qozongan. Syujet avtohalokatga uchragach, mashinani boshqarayotgan xotinining aybini oʻz zimmasiga olgan erkakning hikoyasiga bagʻishlangan.

Toʻlaxoʻjayev 1989-yilda „Shoqollar“ kriminal trillerida „Kalamush“ rolini oʻynagan. Hikoyada demobilizatsiya qilingan uchta „afgʻon“ Markaziy Osiyo shaharlaridan biriga keladi. Aeroportda ular va mahalliy neofashistik tashkilot oʻrtasida kurash boshlanadi. +NomiObrazYilIzohJiyda guliBaxtiyor, Murodning otasi2010OʻtovUbaydullo2007Bosh rolMening akamRavshan 1976ShoqollarKalamush1989

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistonlik ssenariychilar Turkum:SSSR ssenariychilari Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimlari Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1951-yilda tugʻilganlar Turkum:4-yanvarda tugʻilganlar Turkum:O‘zbekiston kinorejissyorlari