Din Karimovich Mahamatdinov (1961-yil 11-iyun, Toshkent) – sovet, rus musiqiy video rejissyori va ssenarist. Kinorejissyor, aktyor, ijodiy prodyuser, rassom va musiqachi.
Hayoti Mahamatdinov 1961-yil 11-iyunda Toshkent shahrida tugʻilgan. Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish vazirligi Gliera nomidagi 21-oʻrta maktabni fortepiano yoʻnalishi boʻyicha tugatgandan soʻng, 1976-yilda sanʼat bilim yurtiga grafika fakultetiga qabul qilingan.
Faoliyati Armiyada xizmat qilgandan soʻng, filarmoniyada musiqachi boʻlib ishlaydi. Musiqa jamoalari bilan sayohat qilib, rus respublika yoshlar teatrida oʻynagan. 1985-yilda T. A. Ostrovskiy (hozirgi Oʻzbekiston sanʼat Akademiyasi) teatr va kino rejissyori fakultetiga oʻqishga kirgan (1989-yilda bitirgan).
1989—1991-yillarda rejissyor sifatida V. M. Gorkiy nomidagi akademik rus drama teatrida bir qancha spektakllarni sahnalashtirgan. 1991-yilda Rossiya fuqaroligini olib, Moskvaga koʻchib oʻtgan. Keyin VGIK huzuridagi Oliy kurslarni tamomlagan. Moskvada 1992-yildan 1999-yilgacha Rossiya televideniyesida, ORT, ATV, RTR, TK Novaya Studio, Video-Art, TNT, Ren TV va boshqalarda ishlagan. Shuningdek, tijorat reklama, koʻplab musiqiy kliplarni suratga olgan rus va xorijiy musiqaning „yulduzlari“ hamkorlik qilgan.
1997-yildan kinematografiyada faoliyat olib borib, koʻplab studiya va kino kompaniyalari bilan hamkorlik qiladi. Rossiya Federatsiyasida ham, chet elda ham filmlar suratga olgan. 2011-yilda DKM FilmTeam prodyuserlik kompaniyasini tashkil etib, uni boshqaradi. Bundan tashqari, grafik va rasm, raqamli video dizayn va video montaj bilan shugʻullanadi. Talabalarga dars berib, kino ssenariylar, pyesalar va hikoyalar yozadi. 1992-yildan Moskvada doimiy yashab, u yerda ishlaydi. thumb|300x300px thumb|300x300px
Rejissyorlik ishi thumb|300x300px Filmlari 1997-yil – „Noveyshie priklyucheniya Buratino“ 2003-yil – „Kriminalnoe tango“ 2005-yil – „Dvoe u yolki, ne schitaya sobaki“ 2007-yil – „Neskolko prostix jelaniy“ 2008-yil – „Belaya medveditsa“ 2008-yil – „Bumerang“ 2011-yil – „Aldar Kose“ 2013-yil – „Ispolnitel jelaniy“
Mukofotlari „Oq ayiq“ filmi uchun Lipetskdagi „Atlant“ xalqaro sport kinofestivalining Gran-prisi (2008) „Bumerang“ filmi uchun Yaltadagi „Birgalikda“ xalqaro kinoforumining Gran-prisi (2008) „Bumerang“ filmining eng yaxshi montaji uchun mukofot (2008) Xitoy, Pekin xalqaro kinofestivalida „Temir choʻloqning oxiri“ qisqa metrajli filmi uchun maxsus mukofot
Havolalar
kino-teatr.ru veb saytida „Proza.ru“ veb-saytida maʼlumot
Turkum:Toshkent sanʼat instituti bitiruvchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:1961-yilda tugʻilganlar Turkum:11-iyunda tugʻilganlar