ATTO – Toshkent hamda Oʻzbekistonning boshqa shaharlarida jamoat transporti haqini toʻlash uchun moʻljallangan toʻlov kartasi.

Umumiy xususiyatlari ATTO kartasi NFC texnologiyasi bilan ishlab chiqarilgan plastik karta hisoblanadi. Agar ATTO kartasi telefon raqamiga ulangan boʻlsa, karta yoʻqolgan taqdirda kartani telefon raqam orqali ham bloklash mumkin, shundan soʻng bloklangan kartagi pulni yangi ochilgan kartaga oʻtkazib olishga imkon boʻladi.

Karta 3 yil davomida xizmat qiladi. Ushbu „ATTO“ kartalarini karta avtomatlari, sayohat chiptalari sotiladigan shahobchalar, „Toshshahartransxizmat“ idoralaridan yoki Toshkent metropolitenidagi kassalardan xarid qilish mumkin.

Chiqarilgan kartalar soni 2020-yil oxirida sotilgan ATTO transport kartalari soni 180 mingdan oshdi. 2021-yilning 10 oyi davomida sotilgan kartalar soni 415 mingtani tashkil etdi.

Kartalar turlari ATTO kartalarini 4 xil turli rangdagi turlari mavjud:

Oddiy (koʻk karta) Maktab oʻquvchilari uchun (yashil karta) Talabalar uchun (sariq karta) Ijtimoiy yordamga muhtojlar uchun (qizil karta)

Tariflar ATTOning maxsus kartalari oldindan belgilangan 30 kunlik tariflar bilan sotiladi. 30 kunlik tariflardan tashqari 5, 10, 15 yoki 20 kunlik kunlik tariflar mavjud, bu orqari belgilangan muddat ichida transport kartalaridan cheklanmagan holatda foydalanishlari mumkin. Tarifsiz yagona kartalarni esa 15 000 soʻmga xarid qilish mumkin. Bunda xarid narxidan 5 000 soʻm karta hisob raqamiga oʻtkaziladi. Kartalarni koʻk karta turidan foydalanganda toʻlov narxi naqd pul yoki bank kartalari orqali toʻlanganda 2000 soʻm, maxsus transport kartalari orqali toʻlanganda 1700 etib belgilangan va 1 soat ichida qayta transportdan foydalanganda narx 700 soʻmni 2 va 3 marta foydalanganda esa bepul boʻlishi belgilangan. TuriKerakli hujjatlarNarxi30 kunlik tarif (avtobus)30 kunlik yoʻl haqi (avtobus + metro)Oddiy—15,000 soʻm160,000 soʻm221,000 soʻmMaktab kartasi ota-onaning pasporti nusxasi; tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasiBepul80,000 soʻm110,500 soʻmTalaba uchun pasport nusxasi; Oliy taʼlim muassasasi tomonidan berilgan hujjatIjtimoiy yordamga muhtojlar uchun pasport nusxasi; pensiya guvohnomasi yoki nogironlik guvohnomasi.

Tarixi

2019-yil

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-noyabrdagi „Jamoat transportida yoʻlovchilar tashish uchun avtomatlashtirilgan toʻlov tizimini joriy etish toʻgʻrisida“gi qaroriga muvofiq Toshkent shahri boshlandi.

2020-yil

3-yanvardan ATTO transport kartalari sotuvga chiqdi. Toʻlov kartalarining narxi 11 000 soʻmni tashkil etadi. Har bir kartaga oldindan bir martalik toʻlov miqdori yuklangan. Karta orqali bir martalik yoʻl haqi 1 400 soʻmni tashkil etadi. 1-iyul – ATTO reklamaga qoʻl urishi, bunda yoʻlovchilarga operator hisobidan 5000 soʻm boʻlgan yagona transport kartasi bepul taqdim etildi. Toʻliq summa karta hisobiga tushadi. 1-dekabr – aksiya tugagandan soʻng Yagona kartani olish narxi 15 000 soʻmni tashkil etdi, shundan 5 000 soʻmi hisob balansiga tushadi.

2021-yil

1-yanvardan ATTO tarif ulangan transport kartalari paydo boʻldi. 15-iyul – Toshkent shahridagi mikroavtobuslarda ATTO kartalari bilan toʻlov amalga oshirildi. Guliston shahrida transport uchun ATTO kartalari bilan toʻlov yoʻlga qoʻyildi. 1-avgust hamda 31-sentyabr oraligʻida ATTO koʻk kartalarini olgan odamlar avtobus uchun 1400 emas 1300 toʻlashi belgilandi. 20-oktyabr – Click va MyUzcard bilan birgalikda avtobuslarda QR kodlar yordamida toʻlov yoʻlga qoʻyildi. Noyabr oyida "Buyuk Ipak yoʻli" metro bekatida FacePay texnologiyasidan foydalangan holda toʻlovni sinovdan oʻtkazish boshlandi.

2022-yil

Avgust – ATTO ilovasida virtual transport kartasi ishga tushdi.

2023-yil

Mart – ATTO ilovasida iPhoneda NFC orqali metroda toʻlov ishga tushirildi.

Galereya

Manbalar

Turkum:Shahar transportlari Turkum:Tarnsport kartalari Turkum:Toshkent metropoliteni