Bahrom Abdufottohivich Abdurahimov (; 11-dekabr 1988-yil, Shahrixon tumani) – Oʻzbekistonlik futbolchi, yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi. 2025-yildan Gʻuzorning „Shoʻrtan“ klubi futbolchisi.

Futbolchilik faoliyati Bahrom Andijon futbol maktabi tarbiyalanuvchisi. Katta futboldagi faoliyatini 2007-yilda „Andijon“ futbol klubi tarkibida boshlagan. „Andijon“ jamoasi tarkibida 2014-yilgi mavsum soʻngigacha oʻynagan va 8 mavsum davamoida 140 dan oshiq oʻyin oʻtkazgan. 2015-yilgi mavsumda ilk bor faoliyatida boshqa jamoa, Qarshinig „Nasaf“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Qarshiliklar tarkibidagi dastlabki mavsumidayoq faoliyatidagi ilk sovrin, Oʻzbekiston Kubogini qoʻlga kiritgan. 2016-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Superkubogini yutgan. Qarshi jamoasi tarkibi Oʻzbekiston Superligasi va AFC Osiyo Chempionlar ligasidagi bir necha ishonchli oʻyinlari sababli 2018-yili mavsumda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi safiga oʻtgan. Paxtakor jamoasi safida bir mavsum davomida oʻynaganida soʻng 2019-yilgi mavsumda Bekobodning „Metallurg“ jamoasiga ijaraga berilgan. 2020-yilgi mavsumda Olmaliqning „AGMK“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Olmaliqlik safida bir mavsum davomida oʻynab, Oʻzbekiston Superligasida bronza medallari va Oʻzbekiston Kubogida kumush medallarni qoʻlga kiritdi. 2021-yilgi mavsum oldidan Namanganning „Navbahor“ jamoasiga oʻtgan, ammo jamoasi safidagi raqobat sababli yozgi transfer oynasida Qarshining „Nasaf“ jamoasiga oʻtgan. 2024-yil yanvar oyida „Qoʻqon 1912“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

Yutuqlari

Oʻzbekiston Superligasi ikkinchi oʻrin: 2018, 2023 Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2015, 2021, 2022, 2023 Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2016, 2023 AFC Kubogi finalchisi: 2022

Manbalar

Havolalar Bahrom Abdurahimov Footballfacts saytida futbolchi profili Bahrom Abdurahimov Transfermarkt saytida futbolchi profili

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Sportchilar