Al-Azhom Katta masjidi () Indoneziyaning Banten hududidagi Tangerang shahrida joylashgan jamoat masjidi. 2003-yilda ochilgan bu masjid Banten provinsiyasidagi eng katta masjid va namozxonlar sigʻimi boʻyicha dunyodagi eng katta masjidlardan biri hisoblanadi.
Tavsif Ushbu masjidga poydevor qoʻyish marosima 1997-yil 7-iyulda Tangerang meri Jakariya Machmud tomonidan amalga oshirilgan. Masjid Indoneziya Respublikasi Din ishlari boʻyicha vaziri Said Agil Husin al-Munavar tomonidan 2003-yil 28-fevralda ochilgan
Al-Azhom masjidi hududi erkak/ayol tahorat xonalari, mehrob va tayyorgarlik xonalari, erkak/ayol namozxonalari, oʻquv xonalari, kutubxona, ofis xonalari va masjid hovlisidan iborat. Tepadagi asosiy gumbaz atrofi 4 ta yarim doira gumbaz bilan oʻralgan. Ushbu meʼmoriy uygʻunlik tufayli gumbazni tutib turish uchun ustunlarga ehtiyoj qolmagan, bu esa ibodat maydonining keng koʻrinish namoyish etishini taʼminlaydi7 Fakta Masjid Raya Al Azhom, Kebanggaan Warga Tangerang . IDN Times. Retrieved July 21, 2021..
Galereya
Manbalar
Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Tangerang masjidlari