Gemiler (tarjimasiː Kemalar) — mashhur turk qoʻshiqchilari boʻlmish Orhan Atasoy va Teoman tomonidan kuylangan qoʻshiq. Teoman tomonidan kuylangan qoʻshiq versiyasining klipi Qoraqalpogʻistonning Moʻynoq tumanida joylashgan Kemalar qabristonida suratga olingan. Asosan rok yoʻnalishida qoʻshiqlar kuylagan Teoman bu klipi orqali Moʻynoqning yaqin tarixi va ekologiy vaziyati bilan bogʻliq jarayonlarni ochib berishni maqsad qilgani alohida taʼkidlanadi.

Tarixi Orhan Atasoy 1993-yil kuylagan Gemiler qoʻshigʻi uchun ishlangan klip barcha davrlarning eng yaxshi klipi sifatida eʼtirof etilgan. Qoʻshiq soʻzlari Orhan Atasoyga tegishli boʻlib, unga Ercüment Vural kompozitorlik qilgan. Klipi nufuzli xalqaro musiqa kanali MTVda namoyish etilgan. U, ayni paytda Turkiya sanʼati tarixida MTV kanalida namoyish etilgan ilk mahalliy klipdir. Shundan soʻng qoʻshiq Orhan Zerrin Özer va Teoman tomonidan ham ijro etilgan.

1998-yil Teoman tomonidan ijro etilgan qoʻshiq klipi 1999-yil iyul oyiga kelib, Qoraqolpogʻistonning Moʻynoq tumanida joylashgan Kemalar qabristonida suratga olingan. Teoman tomonidan kuylangan Gemiler qoʻshigʻi uning „O“ nomli albomidan oʻrin egallagan eng mashhur ijod namunalaridan biri sanaladi. Shu sababli uzoq vaqt davomida Gemiler qoʻshigʻi Teomanga tegishli ekanligi iddao qilingan.

Manbalar

Turkum:1992-yil qoʻshiqlari Turkum:1998-yil qoʻshiqlari Turkum:1999-yil qoʻshiqlari Turkum:Turk tilidagi qoʻshiqlar