Tuo Koto Nan Ampek masjidi (), shuningdek, Gadang Balai Nan Duo masjidi nomi bilan ham ataladi, Indoneziyadagi eng qadimgi masjidlardan biri. Masjid Koto Nan Ampek Nagari shahrida joylashgan, hozirda maʼmuriy jihatdan Gʻarbiy Payakumbuh tumani, Payakumbuh shahri, Gʻarbiy Sumatera shahri Balay Nan Duo qishlogʻi hududiga kiritilgan. Minangkabau arxitekturasi asnosida 1840-yilda qurilgan deb taxmin qilinadi, u dastlab ruxdan yasalgan tom bilan qoplangunga qadar fiber tolali tom bilan yopilgan. Hozirgi vaqtda bu bir qavatli masjid musulmonlarning ibodat faoliyati uchun ishlatilishidan tashqari, yaqin atrofdagi aholi tomonidan diniy taʼlim vositasi sifatida ham foydalaniladi.

Tarixi Masjidning aynan qachon qurila boshlanganligi maʼlum emas. Muallif Abduboqir Zayn Indoneziyadagi tarixiy masjidlar nomli kitobida yozilishicha, masjid 1840-yilda qurilgan va Koto Nan Ampek Nagari nomi bilan atalgan. Qurilishga Minangkabaudagi qabilalardan uchta turli rahbarlar: Kampai qabilasidan Datuk Kuniang, Piliang qabilasidan Datuk Pangkai Sinaro va Malayu qabilasidan Datuk Siri Dirajo rahbarlik qilgan.

U eng qadimiy masjidlardan biri boʻlsa-da, birinchi marta qurilganidan buyon yogʻochdan yasalgan ustunlari, pol va devorlarning asosiy qismi almashtirilmagan. Masjid koʻp taʼmirlanmagan, shuning uchun uning haqiqiy asl holati hanuzgacha saqlanib qolingan. Eroziyaga uchrashi tufayli dastlab fiber toladan yasalgan tom keyinchalik ruxdan yasalgani bilan almashtirilgan.

Yana qarang

Indoneziyadagi masjidlar roʻyxati

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Minangkabau Turkum:Gʻarbiy Sumatradagi masjidlar