Xalqaro huquqda ayollar huquqi tarixi va bosqichlari — Ayollar huquqi qadimdan boshlab hozirgi kungacha dolzarb masalalardan biri boʻlib kelmoqda. Uning nomi aynan shunday atalmagan boʻlsa- da, mazmuni jihatidan hozirgi kunga ham mos boʻlgan. Ayollar, xotin-qizlarning huquqi va erkinlikarini shakllanish jarayoni uzoq davom etgan. Bronza davrigacha boʻlgan matriarxat davrida, davlatlar paydo boʻlib rijovlana boshlaganida, davlatlarning ichki siyosatida, xalqaro munosabatlarning rivojlanishi va boshqa jarayonlarda bu masala namoyon boʻlgan. Har bir narsa tarixga borib taqalganidek, ayollaring huquqlari ham qadimgi zamonlardan boshlanadi. Eramizdan avvalgi, yaʼni matriarxat davrida ayollarning oʻrni erkaklarnikidan ham yuqori boʻlgani tarixdan maʼlum. Ammo nima uchun? degan savolga javob beradigan boʻlsak, birinchi navbatda, ayollar oilaning boshligʻi sifatida qaralgan. Ular oilaning moddiy taʼminoti, farzandlarni tarbiyalash va umuman olganda qabilalarning boshligʻlari sifatida ibtidoiy jamoa tuzimida vazifalari boʻlgan. Ammo nima uchun matriarxatdan kechildi? Avvalambor, mezolit davridan boshlab, hayvonlarni ovlash boshlandi. Ovlash zaruriyati natijasida mehnat qurollari vujudga keldi. Aniqki, ayollar biologik jihatdan ham erkaklarga nisbatan ojiz jon hisoblanadi, mehnat qurollari takomillashuvi va ularning qoʻpollashuvi natijasida esa ularga mos boʻlmagan vazifalar ularga ogʻirlik qilgan va shuning natijasida erkaklarning oiladagi roli ortib boravergan va patriarxat davri boshlangan. Zamon rivojlana borgan sari, ayollarning huquqlari tobora cheklana borgan. Bunga misol tariqasida miloddan avvalgi II mingyillikda tashkil topgan Yunoniston, yoki miloddan avvalgi VIII asrda tashkil topgan Rim davlatidagi qonunchilikni misol qilib olsak boʻladi. Eng muhim davlat hayotiga oid boʻlgan masalalarni hal qilish vakolatiga ega boʻlgan xalq majlislarida faqat 25 yoshga toʻlgan erkaklargina ishtirok eta olgan, boshqa siyosiy lavozimlarga ham ayollarning saylanishi cheklangan. Ayollar past tabaqali inson sifatida qaralgan. Bunga isbot tariqasida miloddan avvalgi I asrda yashab oʻtgan mimik shoirning „Xudo ayolni yaratib, muammolarni yaratdi“. Yaʼni ayolga ongi erkaklarnikidek rivojlanmagan jonzotga qiyoslangan holda muomala qilinagan, Oʻrta asrlarda ham bu ahvol yaxshilanmagan. Ayollar turli minataqalarda turli huquqlari cheklangan va ularga turlicha qaralgan. Islom dinining kirib kelishi va boshqa dinlarning ham rivojlanishi natijasida har bir din oʻz qarashlariga koʻra ayollarga munosabat bildirgan. X asrda xristian cherkovi tomonidan ayollarning majburiyatlari belgilanib berilgan va ulardan eng asosiysi, bu uyda oʻz farzandlarini tarbiyalash va turmush oʻrtogʻiga itoat etish hisoblangan. Yaʼni „Ayollarning joyi bu-uy“ degan ibora keltirib chiqarilgan. Vaqt oʻtgan sari, munosabat oʻzgargan.albatta, ammo huquqlar cheklanib qolavergan. Yangi davrga oʻtishdan oldin ham mashhur olimlar tomonidan ayollarga quyidagicha taʼrif berib oʻtilgan: „Xudo ayollarni faqat erkaklarni bezatib turishi uchun yaratgan“ Volter(1694- 1778) Ammo ularga aksincha, ijobiy tomondan yondashgan olimlar ham yoʻq emas, dunyoning turli mintaqalarida bu qarashlar turlicha boʻlgan, ayniqsa Yevropa va Osiyo mamlakatlari madaniyati bunda alohida ahamiyat kasb etgan. Rivojlangan oʻrta asrlarda ham erkaklarda mavjud huquqlar ayollarga berilmas edi. Bunga misol qilib, saylov, taʼlim olish, meros olish, mehnat qilish, ijod va faoliyat erkinligi, soʻz erkinligi kabilar misol boʻla oladi. Fransiyada turmushga chiqqan ayollarning hayoti ularning umr yoʻldoshlariga bogʻliq boʻlib qolgan. Ular shartnomalar imzolashi, oʻz nomiga qarz yoki har qanday turdagi pul olishi, sudlarda guvoh sifatida ishtirok eta olishi mumkin boʻlmagan. Yangi davr. Ayollar oʻz haq-huquqlarini himoya qilib chiqqan eng mashhur harakatlar davri. XIX asrning oxiri XX asrning boshiga kelib, xotin-qizlar ular erkaklardan kam emasligini, gender tengligi kabi gʻoyalarni ilgari surish taklifini keltirib chiqarishgan. Eng katta harakatlardan biri bu „Suffragistlar“ harakati deb nomlangan Buyuk Britaniyada boʻlib oʻtgan kurash hisoblanadi. „Suffrage“-soʻzi fransuzcha boʻlib, saylov huquqi degan maʼnoni anglatadi. Bundan kelib chiqadiki, suffragistlar bu saylov huquqi uchun kurashgan ayollardir. Harakatning boshlanishiga nima sabab boʻldi? Birinchidan, Yangi Zellandiyada 1893-yil yangi qonun qabul qilindi, va ushbu qonunga koʻra 21 yoshdan oshgan barcha ayollarga saylov huquqi berildi.2 Yangi Zellandiyaga bu huquq berilib, Angliyaga berilmasligi ayollarning gʻazabini keltirdi va 1903-yil Emily Pankhurst boshchiligida ayollarning saylov huquqi uchun kurashadigan „Ayollarning sotsial-siyosiy uyushmasi“ vujudga keldi. Bu paytda Buyuk Britaniyani konservatorlar boshqarar, va ularga bu masalani taklifini berish qiyinchilik vujudga keltirar edi, 10 yil konservatorlarning boshqaruvidan keyin liberalarning kelishi aniq edi, shuning uchun ham ular liberallarga taʼsir oʻtkzishga harakat qilishdi. Suffragistlar orasida turli qatlam vakillarini ichiga olgan ayollar tashkil qilar edi, ularning orasida uy bekalaridan boshlab oʻqituvchilar, yuqori daromadli kasb egalari va hatto yagona yurist ayol- Emily Pankhurstning qizi, Christabell Pankhurst ham bor edi. Ular dastlab oʻz huquqlari uchun kurashni tinch yoʻl bilan boshlashdi. Hokimiyatga kelish arafasida turgan liberallar orasida Uinston Cherchill ham bor edi. Ayollar unga bu masalani kiritish taklifini qoʻyishni partiyaning asosiy vazifalaridan biri deb hisoblashligini soʻragan taqdirda ham, Cherchillning oʻzi ham shuning tarafdori boʻlgan boʻlsa ham, hali ayollarning saylov huquqiga ega emasligi, va agar bu masala koʻtarilsa-yu qoʻllab quvvatlanmasa, liberallar yutqazishi mumkin, deb hisoblab masala kiritilmagan. Nihoyat, 1905-yil liberallar saylovlarda yutib chiqishdi, lekin suffragistlarning takliflari koʻrib chiqilmadi. Ular atayin vaqtni kerak emas masalalar bilan uzaytirishar, ularning masalasiga kelganda esa, xuddi vaqt yetmaganidek, tashlab qoʻyishar edi. Buni tushunib yetgan suffragist ayollar tinch yoʻl orqali erishib boʻlmasligini, endi boshqa yoʻllar izlash kerakligini anglagan holda, Westminster (parlament) binolariga kirib, ularning majlislarida oʻz fikrlarini ifodalamoqchi boʻlishdi. Ammo ularni binoning darvozalaridan ichkari kirgazishmadi. Oʻz haq-huquqlarini va qonunlarni bilgan Christabell Pankhurst ichki ishlar hodimiga hujum qilish oqali, oʻzining murojaatlarini yetkazish mumkinligini tushunib yetdi va shunday boʻldi ham. Birin-ketin ayollar huquqbuzarliklar qilib, sudning qaroriga asosan ozodlikdan mahrum etildi. Ammo ular shu orqali, gazetalarda oʻzlarining murojaatlarini nafaqat parlament deputatlariga, balki xalqqa ham yetkazishdi. Ularning asosiy shioriga mos ravishda „Gapda emas, amalda“ kurash qanday boʻlishini koʻrsatib berishdi. Qamoqda ham ular baykotlar eʼlon qilar, ularning qamodan chiqishi esa katta ziyofat bila kutib olinar edi. Shu tariqa ularning safi kengaya bordi. Ammo shuncha harakat deputatlarning fikrini oʻzgartira olmadi. Saylov huquqi ularga berilmadi. Oradan deyarli 10 yil oʻtar ekan, birinchi jahon urushi arafasida suffragistlar harakati toʻxtatildi. Urush nihoyasiga yetgach esa, „Xalq vakilligi toʻgʻrisidagi 1918-yilgi qonun“ qabul qilindi. Unga koʻra, 30 yoshdan oshgan va mulk senzi bilan

cheklangan ayollarga saylov huquqi berildi. Ammo, oradan 10 yil oʻtkandan keyin ayollar „Xalq vakilligi toʻgʻrisidagi 1928-yilgi qaror“ ga koʻra 21 yoshdan oshgan barcha ayollar saylov huquqiga ega boʻldi. Yaʼni bundan shunday xulosa chiqazish mumkinki, maqsadga erishish qanchalik qiyin boʻlmasin, harakat bilan unga erishish imkoniyati bor, buning uchun xohish, kuchli matonat va baʼzida vaqt kerak boʻladi. Bundan tashqari, ayollarning huquqini himoya qilib chiqadigan insonlar feministlar deyiladi. Xoʻsh, feminizm atamasining kelib chiqish tarixi qanday? Feminizm bu-jamiyatning barcha sohalarida ayollar huquqi harakatini tushuntiruvchi atama boʻlib, uning maqsadi ayollarga nisbatan kamsitishni bartaraf etishdir. Ushbu harakat XVIII asrda klassik liberalizm toʻlqinida paydo boʻlgan, ammo, 1960-yillarning oxiridan boshlab faollashgan. Nazariy asoslarga tayanib, erkaklar statusiga teng boʻlmagan ayollarning quyi va ijtimoiy mavqeini va ayollarning ozodlik gʻoyasini, qoʻllab-quvvatlaydiganlarga feministlar deyiladi. Ular mavjud ijtimoiy munosabatlarni tanqid qilib, gender tengsizligini tahlil qilish orqali ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga urgʻu beradi.3 Burjua munosabatlarining paydo boʻlishi oqibatida feodal jamiyatning qulashi paytida feministik gʻoyalarning tarqalishi uchun shart-sharoitlar paydo boʻldi va ayollarni ish bilan taʼminlash, ularni ish egalariga aylantirish davri boshlandi. Italiyalik Izotta Nogarolla, Laura Chereta, Kristina Piza yozuvchilarning paydo boʻlishini feministik gʻoyalarning tarqalishi bilan bogʻlaydigan nuqtai nazar mavjud. Shuningdek bu nazariya, Angliyada ayollar huquqlarining birinchi himoyachilari deb ataladigan Afra Benn va Meri Estelning faoliyatini ham oʻz ichiga oladi. Ular ayolni erkak kabi erkin va toʻlaqonli deb hisoblash huquqini himoya qildilar. Shuningdek, fransuz yozuvchisi Fransua Pullen de La Barr oʻzining „Ikkala jinsning tengligi toʻgʻrisida“ (de l'égalité des deux sexes, discours physique et moral où l’on voit l’importance de se défaire des préjugez, 1673)nomli maqolasida ayollarning tengsizligi „tabiat qoidalari“ emas, bu ularning qoʻpol erkak kuchlariga boʻysunishining natijasi haqida yozgan4 XVIII asrning boshi — gender tengligi gʻoyasidan voz kechish davri; bu davrda ayniqsa ayollarning „zaifligi“ („zaif jinsligi“) ni kultivatsiya qilish gʻoyasi mashhur boʻldi. Ammo XVIII asrning oʻrtalariga kelib, fransuz maʼrifatchilari feministik gʻoyalarni qayta tiklashga hissa qoʻshdilar: Montesquieu ayollar jamoat hayotida ishtirok etishi kerak degan; Helvetius fuqarolik „ayollarning uquvsizligi uning nuqsonli va notoʻgʻri tarbiyalanganining natijasidir“, deb taʼkidladi. XVIII asr davomida Yevropa mamlakatlarining ayollari jamiyatda faol ishtirok eta boshladilar. Koʻp sonli ayollar iqtisodiy mustaqillikka ega boʻlishdi; jamiyat xonimlari siyosatga aralashishga harakat qilishdi. Ayollar hayotidagi fuqarolik huquqlarini tan olinishini soʻrashdi: taʼlim, mehnat, oila va jamiyatdagi hurmat. AQShda birinchi amerikalik feminist Abigail Smith Adams hisoblanadi. U mashhur iboralari orqali tarixga kiritildi: „Bizning qiziqishlarimizga qaramagan hukumatga va bizning ishtirokimissiz qabul qiligan hokimiyatning qonunlariga boʻysunmaymiz5“. Ayollar vatanparvarlik jamiyati tashkil etilganida 1812- yil Rossiyada feminizmning rivojlanishi boshlandi. Birozdan keyin uning ishtirokchilarini „dekabristlarning xotinlari“ deb atashdi. Keyinchalik faol rus ayollari xayriya va taʼlim xarakteridagi bir qator jamoat tashkilotlarini tuzdilar.6 Yuqorida taʼkidlab oʻtilgan suffragistlar harakati feminizmning birinchi toʻlqini sifatida tarixga muhrlangan hisoblanadi. Feminizmning ikkinchi toʻlqinida, Garchi Simone De Beauvoir oʻzini feminist deb hioblamasada feminizmning „ikkinchi toʻlqini“ asoschisi edi. Ammo aynan u jinsiy mehnat taqsimotining tabiiyligi haqidagi aqidani sochdi, u „madaniy“ (erkak) bilan „tabiiy“ (ayol) ni oʻzaro bogʻliqligini yaratgan. XX asrning 60-yillari boshlarida ayollikning ijtimoiy oʻz-oʻzini anglash tushunchasining uygʻonishi feminizmning „ikkinchi toʻlqini“ paydo boʻlishiga olib keldi. Feminizm quyidagi omillar bilan ajralib turadi: geografik-Amerika, Yevropa, postsovet va post-sotsialistik etnik — „oq“, „qora“ va „rangli“feminizm diniy — xristian, islomni shakllantirish harakatlar usullari va yoʻnalishi boʻyicha-ekofeminizm, patsifist, separatist mafkuraga koʻra-liberal, sotsialistik va marksistik, radikal falsafa va psixologiya sohalariga mansubligi boʻyicha-modernist, ijtimoiy qurilish kontseptsiyasiga asoslangan; postmodernizm, psixoanalitik7 Feminizmning "uchinchi toʻlqinining koʻtarilishi XX asr 90-yillar