Counter-Strike Online 2 (CSO2) – Valve litsenziyasi bilan Nexon korporatsiyasi tomonidan 2013-yilda chiqarilgan birinchi shaxs otishma videooʻyini. Oʻyin 2008-yilgi Counter-Strike Onlineʼning sikveli boʻlib, u ham Osiyo bozoriga moʻljallangan. Oʻtmishdoshidan farqli oʻlaroq, CSO2 kengroq imkoniyatlar va yaxshiroq grafikaga ega Source yuritkichi negizida yaratilgan. Oʻyin tekin boʻlsa-da, ichidagi baʼzi qurollar, qoplamalar va buyumlarni mikrotoʻlov modeli orqali haqiqiy pul evaziga sotib olish mumkin. Oʻyin faqat onlayn boʻlib, oʻynash uchun oʻsha mintaqaning bosh serveriga ulanish talab qilinar edi. Har bir mintaqaning nashir etuvchisi oʻz hududidagi serverlarni boshqargan.

Ishlab chiqarilishi Koreya Respublikasi 2012, 5-aprel: Nexon Korea rasman Counter-Strike Online 2 ustida ish boshlaganini eʼlon qildihttp://www.zdnet.co.kr/news/news_view.asp?artice_id=20120405110901&type=det. 2012, 15-iyul: Seulning Cheongdam-dong kichik rayonida boʻlib oʻtgan MCUBEʼda 120 odam tashrifi bilan oʻyinning namoyishi boʻldihttp://ruliweb.daum.net/news/view/44042.daum. 2012, 2–5-avgust: 3000 ta odam tanlab olinib, birinchi yopiq beta sinov oʻtkazildihttp://www.acrofan.com/ko-kr/life/news/20120716/00000065. 2012, 8–11-noyabr: Oʻyin Busanda boʻlib oʻtgan G-Star 2012 da koʻrinish berdihttp://www.gamechosun.co.kr/article/view.php?no=94782. 2012, 16–18-noyabr: 22222 ta odam tanlab olinib, ikkinchi yopiq beta sinov oʻtkazildihttp://csonline2.nexon.com/news/notice/view.aspx?NoticeArticleSN=91123. 2013, 23-mart: Baʼzi kompyuter klublarida birinchi FGT sinov oʻtkazildi. 2013, 25-may: Baʼzi kompyuter klublarida ikkinchi FGT sinov oʻtkazildi. 2013, 13–14-iyul: Baʼzi kompyuter klublarida yakuniy ShK sinovi oʻtkazildihttp://csonline2.nexon.com/news/notice/view.aspx?NoticeArticleSN=96097. 2013, 7-avgust: Yangi obunachilarning soniga kunlik cheklov bilan teskari sanoq beta xizmati ishga tushirildihttp://csonline2.nexon.com/news/notice/view.aspx?n4pageno=5&noticearticlesn=96747. 2013, 28-noyabr: „Bid open“ sarlavhasi ostida ochiq xizmat boshlandi. 2018, 22-fevral: Oʻyinchilarga xizmat koʻrsatish tugatilishi toʻgʻrisida eslatma eʼlon qilindi. 2018, 26-aprel: Xizmat koʻrsatish tugatildi.

Xitoy Xalq Respublikasi 2013, iyun: Century Tiancheng bilan Nexon Korea kelishuv imzolashadi. 2013, 30-sentyabr–2018, 8-may: Yopiq beta sinov oʻtkazilib, 2015-yil aprelda rasman xizmat koʻrsatish boshlanadi, 2018-yil 8-mayda esa tugatiladi. Hong Kong va Tayvan 2013, iyul: Gamania bilan Nexon Korea kelishuv imzolashadi.

Manbalar