At-Termiziy jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Sirdaryo viloyati Guliston shahrida joylashgan. Masjid 1998-yilda hashar yoʻli bilan qurilgan. 1998-yil 2-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan. Masjid bir vaqtning oʻzida 200 nafar namozxonni sigʻdira oladi. Masjid binosi 2017-yilda qayta taʼmirlangan.

Manbalar

Turkum:Guliston shahridagi masjidlar