Varshava gettosi ( , rasmiy nomi , „Varshavadagi yahudiylar turar-joy okrugi“; ) – Ikkinchi jahon urushi va Xolokost davrida natsistlar gettolari ichida eng kattasi edi. U 1940-yil noyabr oyida Germaniya hukumati tomonidan okkupatsiya qilingan Polshaning yangi umumiy hukumati hududida tashkil etilgan. Getto faoliyatining eng yuqori pallasida 460 000 ga yaqin yahudiylar 3,4 km² maydonda qamoqqa tashlangan. Har bir xonaga oʻrtacha 9,2 kishi joylashtirilgan boʻlib, ular minimum miqdordagi oziq-ovqat bilan zoʻrgʻa kun kechirgan.

Varshava gettosidan yahudiylar fashistlarning konslagerlari va ommaviy qirgʻin markazlariga surgun qilingan. 1942-yili davrida yoz davomida gettoning kamida 254 000 aholisi „Sharqga koʻchirish“ niqobi ostida Treblinka qirgʻin lageriga yuborildi. 1943-yilning may oyida Varshava gettosidagi qoʻzgʻolon sabab vaqtincha deportatsiyalar toʻxtaganidan keyin nemislar tomonidan buzib tashlangan. Getto asirlari orasida jami halok boʻlganlardan kamida 300 000 kishi oʻq yoki gazdan oʻldirgan, ochlik va unga bogʻliq kasalliklar Varshava gettosi qoʻzgʻoloni va oxirgi halokat qurbonlari bilan birgalikda 92 000 kishining oʻlimiga sabab boʻlganStatistical data compiled on the basis of „Glossary of 2,077 Jewish towns in Poland“ by Virtual Shtetl Museum of the History of the Polish Jews  , as well as „Getta Żydowskie“ by Gedeon   and „Ghetto List“ by Michael Peters at ARC..

Manbalar

Turkum:Antisemitizm Turkum:Ikkinchi jahon urushi paytida Polsha Turkum:Holokost

Turkum:Polsha tarixi