Latifiya () Latifiya daryosi nomi bilan atalgan shaharcha Bagʻdoddan janubda, Mahmudiya va Iskandariya oʻrtasida joylashgan boʻlib, dastlab 97,043 kishi istiqomat qilgan. Shaharchada sunniy va shia musulmon aholisi aralash yashaydi. Gʻarb va sharqda sunniy arablar koʻpchilikni tashkil qiladigan qishloqlar, janubdagi qishloqlar va shaharlar esa shialardan iborat.

2003—2007-yillar oralig‘ida Latifiya koalitsiya kuchlari uchun eng xavfli joylardan biri bo‘lgan. Qoʻzgʻolonchi guruhlar Latifiya shahrida va sunniylar istiqomat qiladigan Yusufiyada deyarli erkin harakat qilgan. Maʼlum boʻlgan holatlardan biri 2003-yil noyabr oyida Ispaniyaning Centro Nacional de Inteligencia agentlariga pistirma uyushtirilgan. Deyarli barcha shia fuqarolari etnik jihatdan tozalangan va yaqin atrofdagi Mahmudiya, Nosiriya va Iskandariyaga quvilgan. Aholi 2006-yilga kelib sunniy isyonchilar shia Mahdiy armiyasi tomonidan mag‘lubiyatga uchratilganidan keyin qaytishgan. 2014—15-yillarda IShID jihodchilari yana shia aholini quvib chiqarishgan. 2017-yildagi mag‘lubiyat bilan yana shialar qaytdi, ammo bu safar sunniy aholi tazyiqqa uchrab, deportatsiya qilindi.

Bu yerda Iroq armiyasining 1/4/6 batalyoni va AQShning Latifiya patrul bazasi (FOB ROW) joylashgan.

Manbalar

Turkum:Bobil muhofazotidagi aholi manzilgohlari