Bilolxon Toshmirzayev (; 8-avgust 1997-yil, Namangan) – Oʻzbekistonlik futbolchi, hujumkor yarimhimoyachi va qanot himoyachisi, yarim himoyachisi pozitsiyalarida oʻynaydi. Toshkentning „Bunyodkor“ klubi futbolchisi.
Futbolchilik faoliyati Bilolxon futboldagi dastlabki Namangan futbol maktabida olgan. 2017-yildan „Navbahor“ klubi asosiy jamoasiga jalb etilgan. 2018-yilgi mavsumda asosiy jamoa tarkibida oʻtkazgan va asosan oʻrinbosarlar tarkibida maydongga tushgan. 2019-yilgi mavsumda asosiy tarkibdagi raqobat sababli jamoani tark etgan va Toshkentning „Oqtepa“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Oqtepa klubi bir mavsum davomida oʻynaganidan soʻng 2020-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Pro ligasi debtytanti Yaypanning „Turon“ klubi tarkibiga oʻtgan. „Turon“ jamoasi tarkibida klubning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi va mavsum yakunida klub bilan Oʻzbekiston Proligasi gʻolibligini qoʻlga kiritgan va Oʻzbekiston Superligasiga yoʻllanma olgan.
2021-yilgi Oʻzbekiston Superligasining 16-turida, Toshkentda „Lokomotiv“ jamosiga qarshi oʻyinda maydon markazining qanot qismidan raqib darvozasini ishgʻol qilgan. Bu gol Bilolxonning Yaypan jamoasi tarkibidagi debyut goliga aylandi va mavsumning eng chiroyli gollaridan biri boʻldi.
2021-yil mavsum soʻnggida „Turon“ jamoasini Superliganing tark etganidan soʻng, Oʻzbekiston Superligasining boshqa bir ishtirokchisi Qoʻqon 1912 jamoasiga bir mavsumga ijaraga berilgan. Qoʻqon jamoasida bir mavsumida oʻynaganidan soʻng 2023-yilgi mavsum boshida „Turon“ klubi tarkibiga qaytgan. 2023-yilgi mavsum ikkinchi davrasida Fargʻonaninga „Neftchi“ jamoasiga ijaraga berilgan. 2024-yil mavsum oldidan „Neftchi“ klubida ijara muddati yakunlangan va Turon klubi bilan shartnomasi yaknlanganidan soʻng, Neftchi jamoasi bilan yanggi bir yillik shartnoma imzoladi.
Yutuqlar Klub
Navbahor Oʻzbekiston Superligasi uchinchi oʻrin: 2018 Turon Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: 2020
Neftchi Oʻzbekiston Superligasi chempioni: 2025
Individual Oʻzbekiston Superligasi eng chiroyli gol muallifi: 2021
Manbalar
Havolalar
Bilolxon Toshmirzayev Transfermarkt saytida Bilolxon Toshmirzayev OʻzPFL saytida
Bilolxon Toshmirzayev Globalsportsarchive saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Namangan viloyati kishilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Paxtakor-2 klubi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Oqtepa klubi futbolchilari Turkum:Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari Turkum:Turon klubi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari