„44 kun“ – shoira va tarjimon Xosiyat Rustamovaning sheʼriy doston, maqola va kundaliklar iborat asari. Asarning asosiy mavzusi Ozarbayjon va Armaniston oʻrtasida yuz bergan 44 kunlik urushdir.

Nashr etilishi Asar 2021-yil Oʻzbekistonning Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi Ozarbayjon madaniyat markazi tashabbusi bilan nashr etilgan. Kitobga Ganira Pashayeva va shoir-tarjimon Faxriyor adabiy maslahatlar berishgan. Mavzusi Asar VI qismdan iborat. Birinchi qism „Ismi Lola edi u qizning“ dostoni bilan boshlanadi. Shundan soʻng unda „44 kunlik notinch kunlar“, „Tushlarimga kirar Qorabogʻ“ kabi boʻlimlar mavjud. Shuningdek, kitobning „Tushlarimga kirar Qorabogʻ“ boʻlimida zamonaviy ozarbayjon yozuvchilari Xosiyat Rustamovaga bagʻishlangan xotiralarini yozib qoldirishgan. Soʻnggi boʻlim shoiraning tarjimai holiga bagʻishlangan.

Manbalar

Turkum:Oʻzbek tilidagi kitoblar Turkum:Alifbo boʻyicha kitoblar