Al-Kudr istilosi., shuningdek, Banu Salim qabilasiga qarshi yurish Islom taqvimining hijriy 2-yilida Badr jangidan soʻng toʻgʻridan-toʻgʻri sodir boʻlgan. Banu Salim qabilasi Madinaga bostirib kirmoqchi boʻlganligi haqidagi xabarni olgandan soʻng Muhammad tomonidan ushbu safarga buyruq berilgan.

Al-Kudr istilosi Muhammad va Bahrayn xalqi bilan bogʻliq birinchi voqea hisoblanadi. Muhammad Bahrayndan unga qarshi hujumga tayyorgarlik koʻrilayotgani toʻgʻrisida xabar olganYahiya Emerick, Critical Lives: Muhammad, p. 185, Penguin, 2002.Mubarakpuri, The Sealed Nectar, p. 147. .

Bunga javoban Muhammad al-Kudrdagi baʼzi hududlarga qarshi hujum uyushtirganMubarakpuri, The Sealed Nectar, p. 204. . Buni eshitgan qabila esa darhol qochib ketadi. Muhammad ularning 500 ta tuyasini olib, jangchilar oʻrtasida taqsimlab beradi. Oʻljaning beshdan bir qismini ham xums qilib saqlaganYahiya Emerick, Critical Lives: Muhammad, p. 185, Penguin, 2002..

Al-Kudr istilosi Ibn Hishom tomonidan paygʻambar Muhammadning tarjimai holida va boshqa tarixiy kitoblarda qayd etilgan. Bu haqida eslatib oʻtilgan boshqa zamonaviy manbalarga „Ar-Raheeq al-Makhtum“ kitobi ham kiradiAr-Raheeq Al-Makhtum – The Sealed Nectar . .

Yana qarang Muhammadning yurishlari roʻyxati

Manbalar

Turkum:Muhammad boshchiligidagi yurishlar Turkum:624