Tollund odami (miloddan avvalgi 405–384 yillarda vafot etgan) – eramizdan avvalgi 5-asrda, Skandinaviyada, Rimgacha boʻlgan temir asri sifatida tavsiflangan davrda yashagan odamning tabiiy ravishda mumiyalangan jasadi hisoblanadi . 1950 yilda Tollund odami Daniyaning Yutlandiya yarim orolidagi Silkeborg yaqinidagi botqoqda tanasi topilgan. Erkakning tashqi tuzilishi shu qadar yaxshi saqlanganki, uni yaqinda sodir boʻlgan qotillik qurboni deb ham taxmin qilishgan. Tollund odamini kashf etilishidan 12 yil oldin xuddi shu botqoqdan boshqa bir inson tanasi, Elling ayoli topilgan „Violence in the Bogs“ , Archaeological Institute of America. Olimlarning fikriga koʻra, bu odam qatl qilingan jinoyatchi sifatida emas, balki qurbonlik qilingan deb taxmin qilingan, sababi uning tana tuzilishi va shu bilan birgalikda uning koʻzlari va ogʻzi yopiq boʻlganligidirHart, Edward, dir. „Ghosts of Murdered Kings“. NOVA. Prod. Edward Hart and Dan McCabe, PBS, 29 January 2014.
Kashf etilishi 1950-yil 8 mayda Viggo va Emil Xojgaard tomonidan Daniyaning Silkeborg shahridan 12 km (7,5 milya) gʻarbda joylashgan Bjældskovdal torf botqogʻining torf qatlamidan jasadni topishgan.
Tollund odami 60 m (200 fut) chuqurlikda, qoʻy terisi va junidan tikilgan uchli qalpoq kiygan holda va shu bilan birgalikda, iyagi ostiga va beliga teridan tikilgan kamar bogʻlagan holda topilgan . Shu bilan birgalikda sochlari qisqa, deyarli qalpoq ostiga yashirib qoʻyilgan. Tollund odami taxminan 40 yosh atrofida boʻlgan.
Manbalar