Saleng —Malayziyadagi Johor shtatining Kulai tumanida joylashgan shaharcha. Tarix Saleng— kichik bir qishloqdan (Kampung Baru) koʻplab yangi rivojlanish loyihalari va shaharcha rejasiga ega boʻlgan kichik shaharchaga aylantirildi. Hududlar Salengda boshlangʻich maktab (SJK(C)Saleng), savdo markazi, TJ Mart, TJ food-korti, mashhur Jamek masjidi va 24 soatlik fastfood restorani mavjud. Salengda hayvonot bogʻi asosiy yoʻlda joylashgan ammo hayvonot bogʻi allaqachon hudud rasmiylari tomonidan yopilgan. Foon Yu High School Kulay kampusi va Johor Multimedia Super Corridor (MSC) ham shahar yaqinida joylashgan. Aholi Birlamchi etnik guruhlar: malay, xitoy, hindlardan iborat. Aholining aksariyati xitoylar boʻlib, xitoyliklar jamoasi asosan hakka lahjasida gaplashishadi. Transport Shaharga Johor Bahru shahridagi Sentral temir yoʻl stantsiyasidan (7B, 777, 777B, A1, BET1, JPO1, S&S 7) yoki Larkin Sentraldan (2, 13, 777, 888, JPO1) avtobus orqali borish mumkin . Unga Muafakat avtobusining P-401 marshruti orqali ham borish mumkin. Manbalar

Turkum:Kulai tumani