Geologiya fanlari universiteti — bu geologiya sohasida malakali kadrlar tayyorlash uchun respublikaning togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, togʻ-kon sanoati korxonalari va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradigan ixtisoslashtirilgan oliy oʻquv yurti va ilmiy-tadqiqot muassasasi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi №PQ-4740-sonli qaroriga muvofiq quyidagi maqsadlarda tashkil etilgan:

Geologiya sohasi mutaxassislarini tayyorlash qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimining zamonaviy talablariga moslashtirish geologiya sohasida taʼlim, fan va amaliyotning organik aloqasini kerakli darajada taʼminlash. Yer haqidagi fanlarni, xususan ularning fundamental yoʻnalishlarini amaliyot bilan haqiqiy integratsiyasi uchun sharoit yaratish. Tabiiy fanlar bilim sohasidagi ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishning aniq mezonlari va samarali mexanizmlarini joriy etish kadrlar tayyorlash tizimida moddiy ragʻbatlantirish mexanizmlarini yaratish bilan vijdonan va yuqori malakali ishchilarni oliy oʻquv yurtlariga jalb qilish. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat gealogiya va mineral resurslar qoʻmitasi tizimidagi GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida 02.03.2022 yildagi PQ-154-sonli qarori.

Tarixi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi № PQ-4740-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

2021-yil yanvar oyida Toshkent shahridagi Olimlar shaharchasida joylashgan universitet kampusi qurilishi yakunlangan.

Universitet tarkibi Universitetda tarkibida 6 ta kafedra, 2 ta qoʻshma taʼlim dasturi mavjud, bakalavr yoʻnalishining kunduzgi va sirtqi boʻlimlarining 7 ta taʼlim yoʻnalishi va 4 ta magistratura mutaxassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlaydi.

Raxbariyat tarkibi

Kadirxodjayev A’zam Alisherovich — Rektor

Urunov Baxrom Nasrullaevich — Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor

Sharafutdinova Leyla Polatovna — Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor

Qodirov Obidjon Shavkatovich — Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor

Aytmetov Ulugbek Rustemovich — Moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor

Professor-oʻqituvchilar tarkibi Professor-oʻqituvchilar tarkibida 65 nafar professor, 11 nafar fan doktori, 33 nafar fan nomzodi faoliyat yuritadi.

Oʻz mehnati va faoliyati bilan namuna boʻluvchi xodimlar Poʻlatjon Sultonov Mamatxan Karabaev Pirnazarov Majid Maxkamovich

Geologiya muzeyi Muzeylar insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy madaniyat namunalarini oʻzida jamlab keladi va kelajak avlodlar uchun oʻtmish va madaniyat haqida yetarlicha tasavvur beradi. Lekin shunday soha muzeylari ham borki, ular tabiat inʼom etgan goʻzalliklarni oʻzida jamlaydi. Shunday madaniy muassasalardan biri Toshkent shahrida joylashgan Geologiya muzeyidir.

O‘zbekiston davlat Geologiya muzeyi 1926-yilda tashkil topgan boʻlib, bugungi kunda 12 ta koʻrgazma zallariga ega. Ko‘rgazma zallarida Yerning geologik oʻzgarish bosqichlari, geologik davrlar izi qoldiqlari, qadimgi togʻ-kon sanoat qazilmalari, qadimgi jonzotlar, dinozavrlar qoldiqlari, ularning tosh qotgan qadam izlari, toshlarda abadiylikka muhrlanib qolgan boshqa jonzotlar va asosiysi, Oʻzbekistonning geologik boyligi va turfa xilligiga guvoh boʻlish mumkin. Batafsil

Ilmiy tadqiqot institutlari Universitet tarkibida 4 ta ilmiy-tadqiqot institutlari bor, 

Mineral resurslar instituti []

H. M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti[]

Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti[]

Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi institutlari[]

Mineral resurslar instituti davlat muassasasi Mineral resurslar instituti 1957-yilda tashkil top asosan qattiq foydali qazilma konlarini ilmiy prognozlash,  yangi istiqbolli hududlarni aniqlash va xaritalarni raqamlashtirish boʻyicha keng qamrovli tadqiqotlar olib boradi. Institutda 118 nafar ilmiy xodim, jumladan 7 nafar fan doktori va 17 fan nomzodi faoliyat yuritadi.

Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi institut davlat muassasasi Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti 1959-yilda tashkil topgan boʻlib asosan neft va gaz konlarini prognozlash va zaxiralarni hisoblash boʻyicha fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Institutda 191 nafar ilmiy xodim, jumladan 6 nafar fan doktori va 12 fan nomzodi faoliyat yuritadi.

Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti davlat muassasasi Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti 1969-yilda tashkil topgan boʻlib asosan gidrogeologiya,  muhandislik geologiyasi va geoekologiya sohasida keng qamrovli  tadqiqotlar olib boradi. Institutda 107 nafar ilmiy xodim,  jumladan 8 nafar fan doktori va 20 fan nomzodi faoliyat yuritadi.

X. M. Abdullayev Geologiya va geofizika instituti davlat muassasasi X. M. Abdullayev Geologiya va geofizika instituti 1937 yilda tashkil topgan boʻlib asosan yer qobigʻining geologik  tuzilishi va tarkibini oʻrganish boyicha chuqur fundamental  tadqiqotlar olib boradi. Institutda 53 nafar ilmiy xodim  jumladan 8 nafar fan doktori va 14 fan nomzodi faoliyat yuritadi.

Kafedralar + # Kafedralar 1 Sun’iy intellekt va tabiiy fanlar 2 Konchilik ishi va texnologiyasi 3 Mineral resurslar geologiyasi 4 Iqtisodiyot va menejment 5 Umumiy geologiya kafedrasi 6 Ekologiya va gidrogeologiya

Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari (Kunduzgi) # Shifr Taʼlim yoʻnalishi nomi 1 60410100 Iqtisodiyot 2 60520200 Ekologiya va atrof muhit muxofazasi 3 60530300 Geologiya 4 60721000 Gidrogeologiya va muxandislik geologiyasi 5 60721300 Geologiya qidiruv ishlari texnikasi va texnologiyasi 6 60721500 Geodeziya va geoinformatika 7 60720900 Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi

Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari (Sirtqi) + # Shifr Taʼlim yoʻnalishi nomi 1 60410100 Iqtisodiyot 2 60520200 Ekologiya va atrof muvit muxofazasi 3 60530300 Geologiya 4 60721000 Gidrogeologiya va muxandislik geologiyasi 5 60721300 Geologiya qidiruv ishlari texnikasi va texnologiyasi 6 60721500 Geodeziya va geoinformatika 7 60720900 Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi Magistratura

+ Magistratura # Shifr Mutaxassisliklar 1 70310102 Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) 2 70530512 Geologik syomka va foydali qazilmlar konlarni qidirish 3 70721612 Geofizika foydali qazilmalarni qidirishning geofizik usulari 4 70721701 Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruv va razvetkasi Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim

+ Geologiya fanlari universiteti # Shifr Vazirlik, idoralar, oliy taʼlim muassasalari va taʼlim yoʻnalishlari nomi 1 70530301 Geologiya 2 70720901 Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi 3 70720902 Neft va gaz konlari geologiyasi qidiruv va razvedkasi 4 70721001 Gidrogeologiya va muxandislik geologiyasi

Rektorlar (2020-2022) Islomov Bobir Farxadovich (2022-2025) Isoqov Maqsud Uzoqovich (2025-hozirda) Kadirxodjayev A’zam Alisherovich

Talabalar xayoti Iqtidorli talabalar akademik I. X. Xamrabayev nomidagi stipendiya sovrindorlari batafsil Masofaviy taʼlim

Geologiya fanlari universitetiga qarashli 400 nafar talabaga moʻljallangan Talabalar turar joyi mavjud boʻlib hozirgi kunda 376 nafar talaba istiqomat qilmoqda batafsil

Ijtimoiy va Xalxaro faoliyat XALQARO ALOQALAR Geologiya fanlari universiteti hamda Oʻzbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi hamkorligi doirasida boʻlib oʻtgan seminarBatafsil

Geologiya fanlari universiteti va Rossiya Federatsiyasining 8 ta yetakchi universitetlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik boʻyicha memorandum imzolandi.Batafsil

Geologiya fanlari universiteti va Ural davlat konchilik universiteti oʻrtasida oʻzaro hamkorlik boʻyicha 2020 yil 22 dekabr kuni onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.Batafsil

2021-yil 15-mart kuni Ural davlat konchilik universiteti va Geologiya fanlari universitetining kelgusidagi hamkorligiga bagʻishlangan videokonferensiya boʻlib oʻtdi. Batafsil

2021 yil 12 fevral kuni Geologiya fanlari universiteti va M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida online uchrashuv boʻlib oʻtdi. Batafsil

2021 yil 10 fevralda Oʻzbekiston Respublikasining Geologiya fanlari universiteti va Kyusyu universiteti (Yaponiya) oʻrtasidagi hamkorlik istiqbollariga bagʻishlangan videokonferensiya Yaponiya elchixona kumanida oʻtkazildi.Batafsil

Geologiya fanlari universiteti talabalarining Ural davlat konchilik universitetidagi akademik mobilligi. Batafsil

Belarus milliy texnika universiteti bilan ham 1+1 ikki diplomlik qoʻshma taʼlim dasturi yoʻlga qoʻyiladi. Batafsil

Manbalar

Havolalar Rektorat Geologiya fanlari universitetining oldingi sayti uzgeouniver.uz Geologiya fanlari universitetining horizgi rasmiy sayti unigeo.uz Geologiya fanlari universiteti rektori

Turkum:Oʻzbekistondagi universitetlar Turkum:Toshkentdagi universitetlar Turkum:Oliy oʻquv yurtlari