Pokrovskiy monastiri sobori 1689-yilda qurilgan Ukrainaning Xarkov shahridagi eng qadimiy sobordir. Majmua tarkibida seminariya, Pokrovskiy sobori, Xarkov yepiskop qarorgohi va Ona Ozerianska ibodatxonasi mavjud. Tarixi Birinchi yogʻoch cherkov XVII asrning birinchi yarmida qurilgan va Teotokos sharafiga muqaddaslashtirilgan. 1659-yilda mahalliy kazaklar toshdan maʼbad qurishga qaror qilishadi. Qurilish 1689-yilda tugatilgan va yepiskop Avraam Uxov tomonidan muqaddaslashtirilgan. Tosh cherkovi anʼanaviy ruscha uch gumbazli bazilika uslubida yaratilgan. Yuqori qismi qoʻngʻiroq minorasi va narteks galereyasi bilan tutashgan.

1726-yilda yepiskop Epifan Tixorskiy va feldmarshal Mixail Mixailovich Golitsingar Xarkov Pokrovskiy monastiri tashkil etganlar. Monastir majmuasi tarkibiga Xarkovdagi birinchi oliy taʼlim muassasasi boʻlgan kollegiya ham kirgan.

Pokrovskiy monastiri 1729-yilda qayta tiklanadi va yangi cherkov buyumlari bilan jihozlanadi. 1732-yilda qoʻngʻiroq minorasiga 1,6 tonnali yangi qoʻngʻiroq oʻrnatiladi. 1799–1846-yillarda cherkovga sobor maqomi berilgan. 1920-yillarda yopilgan va 30 yildan ortiq vaqt davomida chirib borgan. 1992-yilda Ukraina pravoslav cherkovi boshqaruviga qaytarilgan. Galereya

Adabiyotlar

Manbalar