Diplomat International School – Toshkent shahridagi nodavlat taʼlim muassasasi. Ushbu maktab Toshkent shahridagi eng yaxshi 10 ta nodavlat taʼlim muassasalari qatoriga kiradi.

Tarixi Maktab 2018-yil ochilgan boʻlib, 2 ta oʻquv binosidan iborat. 2021-yilda yagona taʼlim tizimini yaratish maqsadida Diplomat universiteti ochildi. 2022-yildan boshlab maktabda 900 dan ortiq oʻquvchi taʼlim oladi.

Faoliyat 2020-yilda “Diplomat International School” maktabi oʻquvchilarining tashabbusi bilan tarix oʻqituvchisi Nikolay Artemev boshchiligida “Vikipediya” Butunjahon internet-qomusining oʻzbek tili qismidagi maqolalarni toʻldirish va takomillashtirish uchun “Wikischool” loyihasi yaratildi. Internet-qomusga davlat amaldorlari, siyosiy arboblar, siyosiy partiyalar vakillari toʻgʻrisida maʼlumotlar kiritilgan. 2021-yilda rus tilida 150 dan ortiq, oʻzbek tilida 150 ga yaqin, ingliz va nemis tillarida ham koʻplab maqolalar tayyorlangan. Shuningdek, 2021-yil noyabr oyida „Viki Oʻzbekistonni sevadi“ marafoni tashkil etildi.

Maktabda har yili Navroʻz bayrami munosabati bilan xayriya aksiyasi oʻtkaziladi. 2023-yilda Ezgu Amal jamgʻarmasi bilan birgalikda oʻtkazildi.

2025-yil 19-20-aprel kunlari maktab hududida birinchi Markaziy Osiyo viki-konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.

Manbalar

Turkum:Toshkent maktablari