Viktoriya Sergeyevna Bulitko (;1983-yil 25-yanvar, Zaporojye, Ukraina SSR, SSSR) – Ukraina televideniyesi, kino va teatr aktrisasi, qoʻshiqchi. „Kiyevska pektoral“ teatr mukofoti sovrindori (2011). „Tansi z zirkami“ Ukraina shousining bronza medali sovrindori (2019). „Dizel Studio“ komediya guruhi aʼzosi.

Biografiyasi 1983-yil 25-yanvarda Zaporojye shahrida oʻqituvchilar oilasida tugʻilgan.

Taʼlimi

23-sonli maktabning fizika-matematika sinfini tamomlagan.

2000-yilda Zaporojye milliy universitetining teatr fakultetiga teatr va kino aktrisasi ixtisosligi boʻyicha oʻqishga kirgan.

Teatrda

2000—2008-yillar – teatr boʻlimida oʻqishning birinchi yilidanoq - Zaporojye akademik yoshlar teatrida ishlay boshlagan va 10 ta spektaklda rol oʻynagan. 2008-yil – Kiyevga koʻchib oʻtgan va bir qator televizion hamda kino loyihalarida faol ishtirok eta boshlagan. 2008—2016-yillar – Podolsk shahridagi Kiyev akademik drama teatrida aktrisa sifatida faoliyat olib borgan. 2018-yildan beri mehmon aktrisa sifatida ishlab kelmoqda.

Yumoristik rollari Universitetni tugatgandan soʻng, Viktoriya va uning hamkasbi Olga Kiyashko „Xalva“ duetini tashkil qilganlar, shahardagi STEM festivallari, Mer bubogi, KVN va boshqa festivallarda qatnashganlar. Duet Yaltadagi „Zolotoy krolik“ festivalida uch marta (2005, 2006, 2007) gʻolib boʻlgan.

2007-yilda Viktoriya „ICTV“ kanalidagi „Posledniy komik“ shousida ishtirok etgan. 2010-yilda Viktoriya va Olga „Noviy kanal“ dagi „Krasotki“ eskiz shousida ishtirok etishgan.

2011-yilda Viktoriya „Devchonki iz Jitomira“ KVN jamoasiga qoʻshiqchi aktrisa sifatida taklif qilingan. Yurmaladagi „Golosyashiy KiViN-2011“ yubiley festivalida jamoa „Bolshim KiViNom v tyomnom“ bilan taqdirlangan„Golosyaщiy KiViN 2011“. Mi znaem, kto poymal svoyu golosyaщuyu ptitsu udachi!. Shu yerda Marina Poplavskaya bilan ilk musiqiy dueti „Zona, Shengen zonasi“ qoʻshigʻini kuylagan. Keyinchalik ular „Dizel Studio“ da birga ishlashda davom etganlar.

Dizel-studio 2015-yildan buyon „Dizel Studio“ bilan ishlaydi. Studiyaning: „Dizel-shou“, „Na trox“, „Vijivannya bud-yakoyu sіnoyu“, „Papanki“ va „Dizel-night“ loyihalarida ishtirok etadi.

2019-yilda „Tansi z zirkami“ shousining finalida uchinchi oʻrinni egallagan.

Ijodi

Teatrdagi rollari Podol teatrida (2008—2016-yillar, 2018, 2022-yil)SpektaklRolRejissyorVechno jiviyeVeronika Bogdanova (bosh rol)Vitaliy MalaxovProshlim letom v ChulimskeValentina (bosh rol)Vitaliy MalaxovLa Bonne Anna, ili Kak soxranit semyuAnna (bosh rol)Igor SlavinskiyNa dneNastyaVitaliy MalaxovVernisaj na AndreevskomAnnaVitaliy MalaxovOtkuda berutsya detiJannaVitaliy MalaxovShest Chyornix svecheyVendiVitaliy MalaxovOpera MafiozoOliviyaVitaliy MalaxovLyuksemburgskiy sadShansonnierIgor SlavinskiyMyortvie dushiManilova LizaIgor SlavinskiyIgri Oligarxovreklamachi ayolVitaliy MalaxovPredchuvstviye Mini MazayloTanya AlmazovaVitaliy MalaxovZapiski yunogo vrachaqizVitaliy MalaxovZaporojye yoshlar teatri (2000—2008-yillar)spektaklrolrejissyorLoj na dlinnix nogaxOlga ChigolellaGennadiy FortusDoxodnoye mestoSteshaVitaliy DenisenkoXrustalnoye serdseNitonisyonkaInna YanovskayaMese AmilkarVirdjiniyaGennadiy FortusTeremokMishkaVladimir GolyakBezimyannaya zvezdaoʻquvchi qizVitaliy DenisenkoTri porosyonkaNif-nifAnatoliy TixomirovPriklyucheniya v strane MDDbangi ayolGennadiy Fortus

Musiqiy faoliyati

„BULITKA“ guruhining vokalisti, barcha qoʻshiqlar muallifi (matn va musiqa) Turli teleloyihalar uchun koʻplab kompozitsiyalar muallifi (ICTV, STB, K1 va boshqalar)

Mukofot va yutuqlari thumb| „Kiyevska pektoral—2011“ taqdimotida

2019 – Dmitriy Dikusar bilan „Tansi z zirkami“ finalchisi. 3-oʻrinni egallagan. Loyihada eng yaxshi partnyor sifatida „xalq sevgisi“ unvoniga sazovor boʻlishgan. 2013 – „Yil yangi avlodi“ nominatsiyasida Ukrainaning „Yil odami“ mukofoti (2012) laureati. 2012 – „Dobriy Teatr“ festivali. A. Vampilov spektakli asosida sahnalashtirilgan „Minulogo lіta v Chulimsku“ spektaklidagi Valentina roli uchun taqdirlangan. 2012 – Teatrdagi ovoz berish yoʻli bilan „Veryu!“ gʻolibasi 2012 – „Kiyevska pektoral“ 20 yillik teatr mukofoti laureati.

Manbalar

Havolalar

Arxivirovannaya kopiya stranitsi aktrisi na sayte Teatra na Podole

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar Turkum:1983-yilda tugʻilganlar Turkum:25-yanvarda tugʻilganlar