Adnan () Shimoliy, Gʻarbiy, Sharqiy va Markaziy Arabistondagi adnaniy arablar ajdodlari boʻlib, Janubiy Arabistonning Qahtoniy arablaridan farqli oʻlaroq Qahtondan kelib chiqqan. Ajdodlari Ibrohim paygʻambarga borib taqaladi.
Kelib chiqishi Anʼanaga koʻra, Adnan Gʻarbiy va Shimoliy Arabistonda yashagan ismoiliy arablar guruhining otasi hisoblanadi. Ibrohimning oʻgʻli Ismoilning avlodidan. Shajarashunoslar Adnanning Arabiston yarim oroli, Shimoliy Arabiston va Iroqning gʻarbiy qirgʻoqlari boʻylab koʻplab ismoiliy qabilalarining otasi ekanligiga ishonishadi.
Adnan uchun koʻplab shajaralar taqdim etilgan boʻlib, ularda Ismoil va Adnan oʻrtasidagi ajdodlar soni toʻgʻrisida bir muqobil qarorga kelinmagan, lekin Adnan va Islom paygʻambari Muhammad oʻrtasidagi ajdodlarning nomlari va soni toʻgʻrisida kelishib olingan.
Anʼanalarning koʻpchiligi va musulmon olimlari Adnanni Ismoilning oʻgʻli Kedarning avlodi deb taʼkidlaydilar, bundan mustasno ravishda Ibn Is’hoq Adnan Nebayotning avlodi deb daʼvo qiladiSiratu Rasulillah, Volume 1, Page 1. Klassik musulmon tarixchisi Tabariyning fikriga koʻra, Ibn Is’hoqning farqli ravishda bildirgan ushbu fikri Kedar avlodlaridan biri ham „Nebayot“ nomini olganligi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.
Aksariyat musulmon ulamolari Adnandan Ismoilgacha boʻlgan ajdodlarni tilovat qilishga urinishlarni rad etishadi va Ibn Is’hoq kabi boshqa olimlarni bu ishda qoralaydilar. Adnan va Ismoil (uning oʻgʻli) oʻrtasidagi biror bir ajdod haqida qisman dalillarning ham yoʻqligi baʼzi olimlarni bu ikki shaxs oʻrtasidagi har qanday shaxsiy ismni islomdan keyingi apokrifa deb hisoblashlariga olib keladiFirestone, Reuven. Journeys in Holy Lands: The Evolution of the Abraham-Ishmael Legends in Islamic Exegesis. Albany, NY. (1990) p. 37Ibrahim, Ayman S. A Concise Guide to the Life of Muhammad: Answering Thirty Key Questions. Grand Rapids, MI. (2022) p. 28.
Oilasi right|thumb| Adnandan Muhammadga qadar boʻlgan shajara Adnan Ismoilning (Islomda) oʻgay ukasi Yaqshonning avlodi boʻlgan Mahdad binti Lahamga uylangan. Uning Maʼd ibn Adnon va Akk ibn Adnon degan ikki oʻgʻli boʻlgan. Akk Yamanda yashagan, chunki Ashariylardan xotin olib, ular bilan birga yashab, ularning tilini oʻrgangan. Ashariylar Saboʻ ibn Yashjub ibn Yaʼrub ibn Qahtondan boʻlgan.
Islomdan oldingi Arabiston Adnan islomgacha boʻlgan davrda yozilgan turli sheʼrlarda, islomdan oldingi shoirlar Lubayb Ibn Rabi’a va Abbos ibn Mirdas tomonidan tilga olingan.
Adnan islomgacha boʻlgan arablar tomonidan arab qabilalarining ota-bobolari orasida hurmatli ota sifatida koʻrilgan va ular bu nasldan Adnaniylar orasida ozchilik boʻlgan boshqa Qahtoniy qabilalariga qarshi maqtanish uchun foydalanganlar.
Islomdan oldingi ayol shoir Laylo binti Lukayz Fors podshosi tomonidan asirga olingan va unga turmushga chiqishga majbur boʻlgan, shu sababali u boshqa arab qabilalariga sheʼr yozib, ulardan yordam soʻrab, oʻzi va uning qabiladoshlarining barchasi Adnanga tegishli ekanligini va uni qutqarish ularning burchi ekanligini eslatgan.
Islomgacha boʻlgan Qummaʼa ibn Ilyos kabi shoirlarning sheʼrlari singari boshqa sheʼrlarda ham arablar Adnan avlodi boʻlishni sharaf deb bilishgan va bundan gʻururlangandek koʻrinishgan.
Shimoliy arab yozuvlarida Adnan nomi koʻpincha Samudiy yozuvlarida uchraydi, ammo tafsilotlar juda kam. Baʼzi Nabatiy yozuvlarida Adnan qandaydir ahamiyat yoki hurmatga ega shaxs boʻlib koʻrinadi, chunki baʼzi nabatiylar (Ismoilning toʻngʻich oʻgʻli Nabiotning avlodlari) uning sharafiga Abd Adnon (qul yoki xizmatkor) deb nomlangan. Bunda Adnanning qandaydir hurmatli yoki sigʻiniladigan shaxs boʻlganligidan emas, balki shunchaki boshqa arablarning baʼzan oʻz oʻgʻillarini ota-bobolarining xizmatkorlari deb atashganligini sababidan shunday muhim ahamiyatga ega boʻlgan boʻlishi mumkin.
Oʻlimi Navuxodonosor II Bobilga qaytganidan keyin Adnan vafot etgan. Uning vafotidan soʻng oʻgʻli Maʼad Mesopotamiya yaqinidagi Kedariylar qirolligi vayron boʻlganidan keyin Markaziy-Gʻarbiy Hijoz hududiga koʻchib oʻtgan va u yerda qolgan kedariy arablar oʻz yerlaridan koʻchirilib, Furot daryosining qirgʻoqlari Yangi Bobil imperiyasi hukmronligi ostidagi al-Anbar muhofazotida va boshqa joylarda yashashga majbur boʻlgan.
Adnandan Muhammadga nasl Islom anʼanalariga koʻra, islom paygʻambari Muhammad Adnan naslidan boʻlgan. Shuningdek, Adnan Muhammadning kelishini bashorat qilgani va oʻrinbosarlariga unga ergashishni buyurgani ham aytilgan. Quyida Jazirani boshqargan va Muhammadning ichki ajdodlari boʻlgan boshliqlar roʻyxati keltirilgan:
Adnan Maʼod Nizor Mudar Ilyos Mudrika Xuzayma Kinana An-Nadr Molik Fihr ibn Molik Gʻolib Lu’ay Kaʼb Murra ibn Ka'b Kilab Qusay ibn Kilab Abdumanof ibn Qusay Hoshim ibn Abdulmanof Abdulmuttalib Abdulloh ibn Abdulmuttalib Muhammad
Yana qarang
Ahl ul-Bayt Muhammadning shajarasi Shayba ibn Hoshimning shajarasi Qusay ibn Kilabning ajdodlari Banu Hoshim, Quraysh qabilasidan Quraysh qabilasi, Banu Kinana qabilasining bir qismi
Adabiyotlar
Arab qabilalarining yashash joylari va sargardonliklari, Geynrix Ferdinand Vüstenfeld, nemis tilida Umaviylar davridagi Qays va Yaman siyosiy partiyalar edimi?
Manbalar
Turkum:Sahobalar ajdodlari Turkum:Muhammadning ajdodlari Turkum:Ismoiliylar Turkum:Adnoniylar