Ivan Ivanovich Edeshko (; 1945-yil 25-mart; Steski, Grodno viloyati) — sovet basketbolchisi. SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi (1972); „Hurmat Belgisi ordeni“ sohibi (1972).
Tarjimai holi Grodno viloyatidagi basketbol maktabi bitiruvchisi. Birinchi murabbiyi — Yakov Iosifovich Fruman.
Belarus davlat jismoniy tarbiya universitetini tamomlagan (1970).
„Spartak“ (Minsk), RTI (Minsk), SSKA (Moskva) va SKA (Kiyev) basketbol klublarida faoliyat yuritgan.
Ivan Edeshko AQSh terma jamoasiga qarshi oʻtgan Myunxen olimpiadasining (1972) finali tugashiga uch soniya qolganida Aleksandr Belovga „oltin pas“ berib, basketbol tarixiga kirdi. Oʻyin yakunida SSSR terma jamoasi basketbolchilari amerikaliklardan minimal farq bilan gʻalabani tortib olishdi (51:50).
1979-yildan KPSS aʼzosi. 1982-yilgi jahon chempionati (1-oʻrin) va 1987-yilgi Yevropa chempionatida (2-oʻrin) SSSR terma jamoasiga murabbiylik qilgan.
Rossiyada xizmat koʻrsatgan murabbiy, SSSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy.
1992-yil SSKA erkaklar jamoasi Ivan Edeshko murabbiyligida Rossiya chempioni boʻlgan. 1993-yilda Edeshko Livanning „Sporting“ klubini boshqargan va mamlakat chempioniga aylantirgan. Viktor Kulagin va Sergey Shchepotkinlar klubning yetakchi basketbolchilari boʻlishgan.
1998—1999-yillarda Rossiya oʻsmirlar terma jamoasiga murabbiylik qilgan.
1999—2001-yillarda Rossiya yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi boʻlgan.
Oilasi Otasi — Ivan Aleksandrovich Edeshko (1907—1997). Onasi — Anna Vikentevna Edeshko (1912—1988). Akasi — Evstafiy Edeshko — Grodno davlat universitetining jismoniy tarbiya kafedrasida ishlaydi.
Xotini — Larisa Andreevna Edeshko (1946-yilda tugʻilgan), Moskva davlat universitetini tamomlagan, oʻqituvchi boʻlib ishlagan. Qizi — Natalya Ivanovna Edeshko (1970-yilda tugʻilgan) — tennischi, sport ustasi, SSKA klubida faoliyat yuritgan. Kuyovi — Andrey Artemevich Nechaev, (1963-yilda tugʻilgan), „Ximki“ basketbol klubining sobiq prezidenti (2012-yil avgust—2013-yil yanvar). Nevaralari: Artem va Ivan.
Manbalar
Turkum:Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʼzolari Turkum:SSSR basketbolchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1945-yilda tugʻilganlar Turkum:25-martda tugʻilganlar Turkum:Shavkatli mehnat uchun medali sohiblari Turkum:Hurmat Belgisi ordeni sohiblari Turkum:Hurmat ordeni sohiblari (Rossiya)