Fors tili saboqlari (ruscha: Уроки Фарси; inglizcha: Persian Lessons) — Vadim Perelman tomonidan suratga olingan va 2020-yilda ekran yuzini koʻrgan, Rossiya, Germaniya va Belorussiya hamkorligida suratga olingan harbiy drama filmi.

Syujeti Film voqealari 2-jahon urushi davrida sodir boʻladi. Konslagerga tushib qolgan asosiy qahramon, belgiyalik yahudiy, omon qolish maqsadida oʻzini fors ekanligiga ishontiradi. Oʻzi tomonidan oʻylab topilgan tilni fors tili sifatida koʻrsatib nemis ofitserini ushbu tilga oʻrgatishni boshlaydi.

Rollarda

Nahuel Pérez Biscayart — Jil Kremye Lars Eidinger — gauptshturmfyurer Klaus Kox Jonas Nay — rottenfyurer Maks Bayer David Schütter — Paul Alexander Beyer — komendant Andreas Hofer — komendant yordamchisi Leonie Benesch — Elza Shtrumpf, xelferin Luisa Seline Gaffron — Yana Krauze, xelferin Niko Erentayt — obershturmfyurer Krupp

Yaratilish tarixi Film Rossiyaning Hype Film, Germaniyaning LM Media va Two Films, Belarussiyaning Belarusfilm kompaniyalari bilan birgalikda yaratilgan. Suratga olish jarayonlari 2013-yilda boshlangan va dastlab filmga Timur Bekmanbetov rejissyorlik qilishi kerak edi, lekin keyinchalik filmni suratga olishda rejissyorlik Vadim Perelmanga nasib qilgan. Ssenariy Ilya Sofin tomonidan Wolfgang Kohlhaasening „Kapo uchun fors tili“ hikoyasi asosida yozilgan. Suratga olish jarayonlari Belarussiya hududida amalga oshirilgan (shuningdek Bobruysk qalʼasida).

Film premyerasi 2020-yil Berlin kinofestivalida amalga oshirilgan. Tanqidchilar ushbu kartinada Xolokost janridagi filmlar rivojidagi oʻziga xos yangi yondashuvni koʻrishgan. Film Yevropa kinoakademiyasi mukofotiga nomzod sifatida eʼlon qilingan. Ushbu filmni Belarussiya nomidan Oskar mukofotiga nomzod sifatida koʻrsatishgan, lekin keyinchalik film ustida ishlagan jamoaning koʻpchilik qismi ushbu davlat bilan aloqasi yoʻqligi sababli filmni diskvalifikatsiya qilishgan.

Ushbu film 2021-yil 9-aprel kuni prokatga chiqarilgan. Yil davomida u chet el prokatidagi eng kassabop rus filmga aylangan.

Manbalar

Havolalar

Petrik G. „Fors tili saboqlari“ yoki Xolokost haqida// Snob (2021-yil 8-aprel) Strelchuk A. Vadim Perelmanning „Fors tili saboqlari“ filmiga sharh// InterMedia (2020-yil 24-fevral) Dolin A. „Fors tili saboqlari“ — Xolokost haqidagi dahshatli hikoya// Meduza (2021-yil 8-aprel) Turkum:Holokost haqida filmlar