Zarmed universiteti Buxoroda tashkil etilgan birinchi xususiy universitet boʻlib, 2022-yilda tashkil etilgan. Universitetga tadbirkor va taʼsischi Dilshod Dalerovich Shukurlaev asos solgan. Universitetning Buxoro va Samarqandda ikkita kampusi bor.

Universitet tarixi Zarmed universiteti 2022-yil avgust oyida Turon Zarmed universiteti sifatida tadbirkor Dilshod Shukurlaev tomonidan tashkil etilgan . 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida ochilgan koʻp tarmoqli tibbiyot markaz „Zarmed — Pratiksha“ Oʻzbekiston-Hindiston qoʻshma korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Dilshod Shukurlaev 2021-yilda Samarqand shahrida „Zarmed — Pratiksha“ qoʻshma korxonasi tashkil etishda katta hissa qoʻshgan Dilshod Shukurlaev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xususiy tibbiyot universiteti va klinikadan iborat tibbiyot klasterini tashkil etish taklifidan soʻng Zarmed Universitetini tashkil etishga qaror qiladi. Zarmed Universiti oʻzining bilim va malakasi orqali insoniyat taraqiyotiga mahalliy, milliy va global miqyosida hissa qoʻshishga intiluvchi salohiyatli kadrlar tayyorlashni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan

Kampuslar Zarmed universiteti ikkita kampusga ega — Buxoro va Samarqandda.

Buxoro Zarmed Universitetining Buxoro shahridagi 3 gektar (7,4 akr) kampusi Qayum Murtazoev koʻchasida joylashgan boʻlib, 9 ta blokdan iborat.

Samarqand Zarmed Universitetining Samarqand shahridagi 2,8 gektar (6,9 akr) kampusi Xoʻja Ahror Valiy koʻchasida joylashgan boʻlib, 10 ta blokdan iborat.

Fakultetlar Hozirgi kunda Zarmed universitetda bakalavriatning 17 ta yoʻnalish boʻyicha 3 fakultet mavjud. Fakultetlar va ularning tegishli taʼlim yoʻnalishlariga quyidagilar kiradi:

Davolash ishi Farmatsiya (turlari boʻyicha) Stamatologiya (yoʻnalish boʻyicha) Pedagogika Prixologiya Boshlangʻich taʼlim Maktabgacha taʼlim Filologiya va tillarni oʻqitish (rus tili) Filologiya va tillarni oʻqitish (ingliz tili) Filologiya va tillarni oʻqitish (koreys tili) Filologiya va tillarni oʻqitish (turk tili) Tarix (mamlakatlar va yoʻnalishlar boʻyicha) Sport faoliyati (faoliyat turlari boʻyicha) Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) Moliya va moliyaviy texnalogiyalar Qurilish muhandisligi (faoliyat turlari boʻyicha) Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yoʻnalish boʻyicha)

Hamkorlik Zarmed Universitetida talabalar sifatli bilim olishi va malaka oshirishi uchun xalqaro universitet va muassasalar bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Temple universiteti (AQSh), Hana General Hospital (Koreya Respublikasi), Apollo Hospitals (Hindiston), Almazov Milliy Tibbiy Tadqiqot Markazi (Rossiya), Belarus Davlat Tibbiyot Universiteti, Sharja universitet gospitali (BAA), Acibadem universiteti (Turkiya), Baskent University Healthcare Group (Turkiya) va Voronej Davlat Universiteti (Rossiya).

Manbalar

Havolalar

Rasmiy veb-sayt

Turkum:Samarqand bino va inshootlari Turkum:Oʻzbekistondagi universitetlar