Araz Naxçıvan — Ozarbayjonning Naxchivan shahrida tashkil etilgan futzal klubi. Klub Ozarbayjon futzali yetakchilaridan biri. 2004-yildan 2014-yilgacha oʻn marta Premier League gʻolibligini qoʻlga kiritgan.

Araz Yevropada ham eng kuchli jamoalaridan biri boʻlib, ikki marta Futzal boʻyicha UEFA chempionlar ligasida yarim finalga yetib borgan.

Tarixi Araz Naxçıvan 2004-yilda faoliyati tugatilgan klub oʻrnida tashkil etilgan va oʻsha paytdan beri Ozarbayjon futzalida peshqadamlik qilib kelmoqda .

Oʻzining debyut mavsumida (2005) Araz mamlakat chempionligi va kubogini qoʻlga kiritgan. Jamoa ichki chempionat bahslarida jami 14 marta gʻalaba qozongan va ikki marta durang qayd etgan. 2006-yilda tarix takrorlangan: 20 ta gʻalabaga erishgan „Araz“ mamlakat chempionligini qoʻlga kiritgan. Ushbu mavsumda klub ikki marta magʻlubiyatga uchragan. Bu ikki magʻlubiyat chempionatning soʻnggi uchta oʻyiniga toʻgʻri kelgan. Ammo bu vaqtga kelib jamoa muddatidan oldin oltin chempionat oltin medali va Ozarbayjon kubogini qoʻlga kiritib boʻlgan edi.

2005-yilda klub Futzal boʻyicha UEFA chempionlar ligasida debyut qilgan. Dastlabki saralash bosqichining 3 turida 4 ochko jamgʻarishga muvaffaq boʻlgan.

Araz 2010-yilda UEFA Futzal kubokida yarim finalga yetib borgan va bu bosqichda Interviú FS klubiga magʻlub boʻlgan. Luparense jamoasiga qarshi bahsda penaltilar seriyasida gʻalaba qozonib, uchinchi oʻrinni egallagan. Klubning futbolchilari va murabbiyi Alesio 2010-yilda Vengriyada boʻlib oʻtgan futzal boʻyicha Yevropa chempionatida milliy terma jamoa ishtirokiga katta hissa qoʻshishgan. Mazkur chempionatda debyutant Ozarbayjon terma jamoasi yarim finalga qadar yetib borgan.

2014-yilda klub Futzal boʻyicha UEFA chempionlar ligasida uchinchi oʻrinni egallab, 2010-yilgi natijasini takrorlagan.

Yutuqlari

Milliy Manba

17 karra Ozarbayjon Premyer-ligasi gʻolibi: 2005, 2006, 2007, 2008, 2009, 2010, 2011, 2012, 2013, 2014, 2016, 2017, 2018, 2019, 2020, 2022, 2023 14 karra Ozarbayjon kubogi sohibi: 2005, 2006, 2007, 2008, 2009, 2010, 2011, 2012, 2013, 2014, 2016, 2017, 2018, 2019

Xalqaro

Futzal boʻyicha UEFA chempionlar ligasi: 3-oʻrin (2): 2010, 2014

Tarkibi

#PozitsiyasiIsm-familiyasiFuqaroligi1DarvozabonEmin Kurdov12DarvozabonLuka Pavlović21DarvozabonAzer Fermanov3HimoyachiTofig Mikayilov20HimoyachiAmadeu21HimoyachiCatatau6Qanot futbolchisiNinoslav Aleksić7Qanot futbolchisiLucas Freitas8Qanot futbolchisiFelipinho9Qanot futbolchisiLazar Milosavljević10Qanot futbolchisiIsa Atayev11Qanot futbolchisiKhatai Baghirov14Qanot futbolchisiKhazar Agalizadeh13Tayanch yarim himoyachiNovruz Kazikhanov15Tayanch yarim himoyachiErick Dannilo

Manbalar

Turkum:2004-yilda tashkil etilgan futzal klublari Turkum:Ozarbayjondagi futzal klublari