Al-Shanfara (; taxminan milodiy 525-yilda vafot etgan) — shoir, mashhur „Lamiyyat al-Arab“ sheʼrining muallifi. Shoir jamiyatdagi ikkiyuzlamachilikni chetdan turib tanqid qilgan.

Hayoti Al-Shanfara „lablari katta“ degan maʼnoni anglatadi. Uning toʻliq ismi Sobit ibn Molik yoki Sobit ibn Avs boʻlishi mumkin. Al-Shanfara Yamanning al-Azd qabilasiga yoki al-Xazraj urugʻiga mansub boʻlgan boʻlishi mumkin. Baʼzilar shoirning onalari afrikalik boʻlgan arablarga nisbatan qoʻlllaniladigan aʼrobat al-arab (arab qargʻalari) deb ataluvchi kishilar guruhiga kirganligini aytsa, yana boshqalar uning ushbu guruhga kiritilishiga qarshi bahslashadilar, olim Bernard Lewisning fikricha esa, bu fikrlar qarama-qarshiligi dastlabki manbalarda keltirilgan saʼalik va aʼrobat al-arab oʻrtasidagi chalkashlik bilan bogʻliq hisoblanadi.

Al-Shanfara taxminan 525-yilda vafot etgan. Bir qancha maʼlumotlarga koʻra, al-Shanfara Haram ibn Jobirni oʻldirgani uchun undan qasos olish maqsadida oʻldirilgan. Yarim kechasi Haram ibn Jobirning ukasi va ikki oʻgʻli pistirmaga tushib, al-Shanfarani bogʻlab, oʻzlarining qabilasiga olib ketishgan.

Merosi Al-Shanfara nomi 1033-yilda Maarriy tomonidan yozilgan „Resalat al-Ghufran“ asarida keltirilgan. Asarda tasavvuriy doʻzax safari chogʻida Maarriyni tanqid qilgan shayx Taabbata Sharran hamda al-Shanfaraga duch keladi.

Manbalar

Adabiyotlar

Anʼanaviy

Zamonaviy

Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:Xazrajiylar