Source — 3 oʻlchamli videooʻyin yuritkichi, Valve korporatsiyasi tomonidan GoldSrc yuritkichiga oʻrinbosar oʻlaroq ishlab chiqilgan. Yuritkich ilk bor 2004-yilda Half-Life: Source, Counter-Strike: Source va Half-Life 2 oʻyinlari bilan taqdim etilib, aynan Half-life 2 sababli katta dovruq taratadi. Source yuritkichi asosan Valve oʻyinlari bilan tanilgan boʻlsa-da, boshqa studiyalar ham ushbu yuritkich negizida oʻzlarining videooʻyinlarini yaratishgan. Masalan, Troika Gamesʼning Vampire: The Masquerade – Bloodlines oʻyini. Shuningdek, kichik jamoalar va shaxslar ham ushbu yuritkichdan Valve oʻyinlariga modifikatsiyalar yaratishda foydalanishadi. Valve 2004-yilda yuritkich chiqarilganidan keyin unga yangilanishlar qoʻshishda davom etdi. Yangilanishlarning aksariyati Valve tomonidan yaratilgan yangi oʻyinlar bilan birga kelardi. 2010-yillarning oxirlarida Valve Sourceʼni almashtirish uchun Source 2 yuritkichini yaratib, uni Half-Life: Alyx oʻyini bilan ommaga taqdim etdi. Source yuritkichi oʻzidagi fizikasi, SI va grafikasi tufayli mashhurlikka erishdi.
Tarixi Source yuritkichi GoldSrcʼdan kelib chiqqan. GoldSrc yuritkichi boʻlsa, Quake yuritkichining qattiq oʻzgartirilgan versiyasidir. Quake yuritkichining yaratuvchisi John Carmack 2004-yili oʻz blogida „Half-Life 2ʻda hali ham Quakeʼning dastlabki kodining bir boʻlagi mavjud“ deya izoh yozgan. Source yuritkichining yaratilish tarixi 1998-yilning boshiga borib taqaladi. Oʻshanda studiyaning birinchi oʻyini boʻlmish Half-Life ustida ish yakulangach, ishlab chiquvchilar yuritkichga yana qoʻshimchalar kiritishni istashgan. Biroq deyarli tayyor oʻyinga yangi narsalar kiritib, oʻyin kodini ajratmaslik uchun tavakkal qilishmagan. Bu haqda Valve xodimi Erik Johnson shunday deydi:
Shunday qilib, Source nomini yangi yuritkichni taʼriflash uchun, GoldSource nomini oʻtgan avlod yuritkichini taʼriflashda ishlata boshlashdi. Source yuritkichi kod ajratishdan boshlab boʻlakma-boʻlak ishlab chiqildi. Valveʼning ichki loyihalari ham asta-sekin GoldSrcʼdan Sourceʼga oʻta boshladi. Oʻshandan buyon Sourceʼni ishlab chiqish litsenziyalangan bogʻlovchi dasturiy taʼminot bilan oʻzlari yozgan kodning aralashmasiga aylandi. Sourceʼning eski versiyalarida videolarni ijro etish uchun Bink video ishlatilardi, biroq Sourceʼning soʻnggi versiyalariga kelib, WebM videolar qoʻllana boshlandi.
Source yuritkichidagi atoqli oʻyinlar +Source yuritkichidagi atoqli oʻyinlar roʻyxatiYilNomIshlab chiquvchi (lar) Nashr qiluvchi (lar) 2004Counter-Strike: SourceValveValveHalf-Life 2Vampire: The Masquerade – BloodlinesTroika gamesActivisionHalf-Life 2: DeathmatchValveValveHalf-Life: Source2005Day of Defeat: SourceValveValveHalf-Life 2: Lost Coast2006Half-Life Deathmatch: SourceHalf-Life 2: Episode OneGarry's ModFacepunch StudiosSiN EpisodesRitual EntertainmentRitual EntertainmentDark Messiah of Might and MagicArkane StudiosUbisoftThe ShipOuterlightMindscape (EU), Merscom (NA)2007Half-Life 2: Episode TwoValveValveTeam Fortress 2PortalDystopiaTeam Dystopia, Puny HumanPuny HumanInsurgency: Modern Infantry CombatInsurgency Development TeamNew World Interactive2008Left 4 DeadValveValve2009Left 4 Dead 2Zeno ClashACE TeamIceberg Interactive, Tripwire InteractiveNeoTokyoStudio Radi-8NEOTOKYO2010Bloody Good TimeOuterlightUbisoftVindictusdevCATNexonE.Y.E.: Divine CybermancyStreum On StudioStreum On StudioAlien SwarmValveValve2011Portal 2No More Room in HellNo More Room in Hell TeamLever GamesNuclear DawnInterWave StudiosIceberg InteractivePostal IIITrashmasters, Running with ScissorsAkellaDino D-Day800 North, Digital Ranch800 North, Digital Ranch2012Dear EstherThe Chinese RoomCurve DigitalCounter-Strike: Global OffensiveValve, Hidden Path EntertainmentValveHybrid5th CellMicrosoft Studios2013Tactical InterventionFIX KoreaOGPlanetThe Stanley ParableGalactic CafeGalactic CafeCounter-Strike: Online 2NexonNexonDota 2 (2015-yilda Source 2ʼga oʻtkazilgan)ValveValve2014Blade SymphonyPuny HumanPuny HumanConsortiumInterdimensional GamesInterdimensional GamesContagionMonochromeMonochromeInsurgencyNew World InteractiveNew World InteractiveAperture TagAperture Tag TeamAperture Tag TeamFistful of FragsFistful of Frags TeamFistful of Frags Team2015Portal Stories: MelPrism StudiosPrism StudiosThe Beginner's GuideEverything UnlimitedEverything Unlimited2016InfraLoiste InteractiveLoiste Interactive2017Day of InfamyNew World InteractiveNew World Interactive2018Hunt Down the FreemanRoyal Rudius EntertainmentRoyal Rudius Entertainment2020Black MesaCrowbar CollectiveCrowbar CollectiveG StringEyauraLunchHouse Software2022Entropy : Zero 2 BreadmenBreadmen Titanfall, Titanfall 2 va Apex Legends jadvalga kiritilmagan, chunki ularning negizidagi Source yuritkichi shu darajada qattiq oʻzgarishga uchraganki, ularni bemalol boshqa yuritkichda deyish mumkin.
Manbalar
Turkum:Source (oʻyin yuritkichi) Turkum:Valve Turkum:Videooʻyin yuritkichlari