The Night We Met – amerikalik Lord Huron guruhining 2015-yilda chiqarilgan „Strange Trails“ nomli ikkinchi studiya albomi uchun yaratilgan qoʻshiq. The Night We Met Netflix tomonidan suratga olingan 13 Reasons Why serialiga saundtrek sifatida kiritilganidan soʻng, Avstraliya, Kanada, Fransiya, Buyuk Britaniya va Amerika Qoʻshma Shtatlari kabi bir nechta mamlakatlarda rekord darajada tinglanib xit-paradlarda yuqori natijalarni qayd etdi. U Amerika ovoz yozish industriya assotsiatsiyasi tomonidan bir milliondan ortiq savdo va streamlari uchun platina sertifikatiga ega boʻldi.

Shuningdek „The Night We Met“ qoʻshigʻi Ben Schneider tomonidan yozilib, ishlab chiqarilgan va Rick Parker tomonidan mikslashtirilgan . Qoʻshiq AQShda, Russian Recording va Whispering Pines ovoz yozish studiyalarida yozib olingan .

Ommaga chiqishi Qoʻshiq 13 Reasons Why serialida paydo boʻlganidan soʻng tezda mashhurlikka erishdi va keyinchalik Qoʻshma Shtatlarda platina sertifikatini oldi . Qoʻshiq bir milliarddan koʻproq marta eshitilgan boʻlib, darhol guruhning eng mashhur qoʻshigiga aylandi . U 13 Reasons Whyda, asosiy qahramonlar Klay Jensen va Hannah Baker birga raqsga tushgan 5-epizodda paydo boʻladi . Qoʻshiq namoyishda ishtirok etganidan soʻng, Republic Records bilan guruh shartnomasini tuzdi .

Pasteda Marissa Matozzo musiqani „guruhning eng mashhur qoʻshiqlaridan biri“ deb atagan . „The Night We Met“ Entertainment.ie tomonidan jamlangan „Relaxing Tracks That You Can Sing Along To“ roʻyxatida 3-oʻrinda paydo boʻldi . Mxdwnda Erin Vierra yozganidek, „The Night We Met“ – bu tunda eshitishni yaxshi koʻriladigan, tinglovchini osoyishta mushohada bilan toʻldiradigan qoʻshiqdir" . The Musical Hype yozishicha: „Bu qoʻshiq asosiy oqimda olgan shov-shuvdan tashqari ham ajoyib sanʼat asari hisoblanadi. Uning soʻzlari sheʼriy, qoʻshiqning ovozi va kayfiyati esa sirli tuygʻular uygʻotadi “. Under the Radar esa qoʻshiqni „yurakni ezuvchi vals“ deb tasvirlagan .

„The Night We Met“ AQSh Hot Rock Songs (Billboard) reytingida 5-oʻrinni va AQSh Adult Alternative Songs (Bilboard) reyllarida 7-oʻrinni egalladi. 2019-yilda Lord Huron bilan Phoebe Bridgers ham birga Hollywood Bowlda qoʻshiqni ijro etishdi .

Qoʻshiq ikki marta platina mukofotiga sazovor boʻlib, 2 million nusxada sotilgan va Fransiya (100 000 nusxa sotilgan), Buyuk Britaniyada (400 000 nusxa sotilgan) oltin darajada sertifikatlangan.

Musiqiy videosi The Night We Met taronasi uchun ishlangan musiqiy klip Lord Huron guruhining YouTube kanaliga 2017-yil 15-may kuni yuklangan va 2024-yil aprel oyi holatiga koʻra 249 milliondan ortiq koʻrishlar soniga ega boʻldi.

Xit-paradlar Haftalik xit-paradlar + Chart (2017-2018) Oʻrin (ARIA) 78 (AFP) 50 + Chart (2022-2024) Oʻrin (IFPI) 28 (AGATA) 61 (VG-lista) 12 (Polish Streaming Top 100) 48 (Sverigetopplistan) 25

Yillik xit-paradlar + Chart (2017) Oʻrin (Billboard) 12 {| class="wikitable sortable plainrowheaders" style="text-align:center" |+ ! scope="col"| Chart (2023) ! scope="col"| Oʻrin |- ! scope="row"| (Polish Streaming Top 100) | 100

Manbalar

Turkum:2015-yil qoʻshiqlari Turkum:Ingliz tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar