„Say Yes to Heaven“ – amerikalik qoʻshiqchi Lana Del Rey tomonidan ijro etilgan qoʻshiq. Bu ijodkorning uchinchi studiyo albumi „Ultraviolence“dan(2014) joy olishi kutilgan, ammo yakunda unday boʻlib chiqmagan. Qoʻshiq dastlab TikTokda mashhurlikka erishganidan soʻng, 2023-yil 19-may kuni singl sifatida ommaga taqdim etilgan. Qoʻshiqni Del Rey va Rik Nowels yozgan.
Qoʻshiq dastlab Billboard Global 200 chartida 18-oʻrinni egallagan. Irlandiya, Yangi Zelandiya, Polsha va Buyuk Britaniyada reytinglarida esa oʻntalikka kirgan. AQShda „Say Yes to Heaven“ Billboard Hot 100 reytingida 54-oʻrinni egallagan va Amerika ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi (RIAA) tomonidan oltin sertifikatga ega boʻlgan. Shuningdek, ushbu qoʻshiq Gretsiya, Polsha va Buyuk Britaniyada ham turli darajadagi musiqiy sertifikatlarga ega chiqqan.
Yaratilish tarixi Qoʻshiq 2012-yilda Lana Del Rey va u bilan uzoq vaqt birga hamkorlik qilgan Rik Nowels tomonidan yozilgan. Bu 2013-yil noyabr oyida Del Reyning uchinchi studiya albumi „Ultraviolence“ning (2014) qoʻshiqlar roʻyxatida qayd etilishi kutilgan, ammo yakunda albom tarkibiga kiritlmagan. Qoʻshiq 2016-yilda tarqalishni boshlagan. 2022-yilda ayniqsa TikTokda qoʻshiqning remix versiyasi paydo boʻlgan va tez su’ratlarda mashhurlikka erishgan. 2023-yil 19-may kuni Polydor va Interscope Records sutudiyalari qoʻshiqning singl hamda tezlashtirilgan versiyasilarini ommaga namoyish etishgan.
Manbalar
Turkum:2013-yil qoʻshiqlari Turkum:Lana Del Rey qoʻshiqlari Turkum:Musiqa