György Kárpáti (1935-yil 23-iyun – 2020-yil 17-iyun) – 1952, 1956, 1960 va 1964-yilgi yozgi olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan vengriyalik sportchi. Suv polosi boʻyicha toʻrt yoki undan ortiq olimpiya medalini qoʻlga kiritgan sakkiz erkak sportchilardan biri. Uch karra olimpiya chempioni.
Faoliyati Kárpáti Budapeshtda tugʻilgan.1952-yilda oʻtkazilgan olimpiya oʻyinlarida oltin medalga sazovor boʻlgan Vengriya jamoasi aʼzolari qatorida boʻlgan. Beshta oʻyinda ishtirok etgan va raqiblari darvozasiga toʻrtta toʻp kiritgan.
Toʻrt yildan soʻng 1956-yilgi olimpiya oʻyinlarida yana oltin medalni qoʻlga kiritgan. Kárpáti olti oʻyinda maydonga tushgan. Kamida oltita gol urgan (Gollarining aniq soni nomaʼlum).
1960-yilgi olimpiadada Vengriya jamoasi bilan bronza medalni qoʻlga kiritgan. Toʻrtta oʻyinda maydonga tushgan va beshta gol kiritgan.
Kárpáti ishtirokidagi soʻnggi olimpiada 1964-yilga Tokyo shahrida boʻlib oʻtgan. mazkur olimpiadada faoliyati davomidagi uchinchi oltin medalni qoʻlga kiritgan. 6 oʻyinda 4 marta raqiblar darvozasini ishgʻol qilgan.
Kárpáti yuridik sohada oʻqigan. Ammo hech qachon mazkur sohada faoliyat yuritmagan. 1964-yilda murabbiylik litsenziyasini qoʻlga kiritgan va faoliyatini boshlagan. 1970—1980-yillarda milliy terma jamoa bosh murabbiyi boʻlgan Dezső Gyarmatiga asistentlik qilgan. Murabbiy sifatidagi asosiy yutugʻi 1976-yilgi yozgi olimpiya oʻyinlariga togʻri kelgan. Mazkur olimpiya oʻyinlarida Vengriya terma jamoasi oltin medalni qoʻlga kiritgan.
Vafoti György Kárpáti uzoq davom etgan kasallikdan keyin 2020-yil 17-iyun kuni 84 yoshida vafot etdi. 2-iyul 2020 kuni Farkasréti qabristoniga dafn etilgan.
Manbalar
Turkum:1960-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlari medal sovrindorlari Turkum:2020-yilda vafot etganlar Turkum:1935-yilda tugʻilganlar Turkum:Yahudiylar Turkum:Vengriyalik erkak sportchilar