Asmo binti Abu Bakr (; 595–594 — 694–695) — Zat an-Nitaqayn (ikki kamarli) laqabi bilan ham tanilgan Islom paygʻambari Muhammadning sahobalaridan biri, paygʻambarning uchinchi xotini Oyshaning ota bir opasi. Madina shahriga hijrat qilayotgan paytida paygʻambar Muhammad unga Zat an-Nitaqayn laqabini bergan. U, shuningdek, Makkadan Madinaga qilinayotgan hijrat davrida Muhammadga yordam bergani uchun ham eng koʻzga koʻringan islom arboblaridan biri hisoblanadi.

Oilasi Asmo xalifa Abu Bakr va Qutayla binti Abduluzzolarning qizi boʻlgan. Abdulloh ibn Abu Bakr Asmoning tugʻishgan akasi edi. Shuningdek, uning Oysha, Ummu Kulsum binti Abu Bakr ismli ota bir singillari, Abdurrahmon ibn Abu Bakr, Muhammad ibn Abu Bakr ismli ukalari, Kinana qabilasidan boʻlgan oʻgay onasi Ummu Ruvmon binti Amir tomondan at-Tufayl ibn al-Horis al-Azdiy ismli ukasi boʻlganMuhammad ibn Saad, Tabaqat, vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina, p. 193. London: Ta-Ha Publishers.. Tarixchilar Ibn Kasir va Ibn Asokir Asmoning Oyshadan oʻn yosh katta boʻlganligi haqidagi rivoyatni keltirganlarIbn Hajar Asqalani, Tahdhib al-Tahdhib, p. 654, Arabic, Bab fi’l-nisaʼ, al-harfu’l-alif, lekin Zahabiy tomonidan berilgan maʼlumotlarga koʻra yosh farqi oʻn uch yoshdan oʻn besh yoshgacha boʻlganMuhammad ibn Ahmad al-Dhahabi. Siyar aʼlam al-nubalaa (The Lives of Noble Figures) vol. 2 #143..

Biografiyasi

Yoshlik yillari Asmoning ota-onasi Muhammad s.a.v. Islom dinini targʻib qila boshlashidan oldin ajrashishganBewley/Saad p. 178., Asmo esa otasining uyida qolganAl-Tabari vol. 39 p. 172..

Makkada Islom Asmo binti Abu Bakr birinchilardan boʻlib Islomni qabul qilganlardan boʻlib, Ibn Is’hoq tomonidan tuzilgan Abu Bakrning taklifiga binoan Islomni qabul qilganlar roʻyxatida oʻn beshinchi oʻrinni egallaydiGuillaume, A. (1955). A Translation of Ishaq’s Sirat Rasul Allah, p. 116. Oxford: Oxford University Press..

Muhammad va Abu Bakr 622-yilda Madinaga hijrat qilish chogʻida Makka tashqarisidagi Savr gʻoridan panoh topganlarida Asmo qorongʻu gʻorga tuyasida 3 kun davomida ularga taom va suv tashigan. Muhammad Asmoga: „Bu tuyang evaziga Alloh taolo jannatda ikki tuya beradi“, degan.

Asmo binti Abu Bakr hijratdan biroz avval Zubayr ibn Avvomga turmushga chiqqanBewley/Saad p. 177..

Madina Zubayr ibn Avvom juda faqir ediBewley/Saad p. 177.. Ular Madinaga kelishganida ularning hech narsalari yoʻq edi. Keyin Muhammad ularga Madinaga yaqin yerdan bir kichik yer ajratib beradi. Zubayr esa bu yerda dehqonchilik bilan shugʻullanar, Asmo esa unga barcha ogʻir ishlarda yordam berar edi. Har kuni dalaga borishda otlarga xashakni boshida ortib borar, qaytishda suv toʻldirilgan xumni koʻtarib kelardi. Bir kuni Asmo daladan suv toʻldirilgan xum bilan qaytayotgan chogʻida yoʻlda Muhammadga duch keladi. Paygʻambar Asmoning qiynalayotganini koʻrib tuyaning orqasiga oʻtirib olishini aytadi, biroq Asmo erining rashkini oʻylab, bu yordamni rad etadi. Keyinchalik qizining qiynalayotganini koʻrgan Abu Bakr bir qizni ularga yordamchi qilib beradi va uning ogʻir hayoti biroz yengillashadi.

Asmo va Zubayrning sakkiz farzandi boʻlgan:

Abdulloh ibn az-Zubayr al-Munzir Osim al-Muhojir Xadicha Ummu Hasan Oysha UrvaBewley/Saad p. 176.

Yarmuk jangi 636-yilgi Yarmuk jangi tarixdagi eng hal qiluvchi janglardan biri hisoblanadi. Musulmon askarlari soni vizantiyaliklardan ancha koʻp edi, shuningdek, ular orasida ayollar va yosh bolalar ham bor edi, birgalikda ular Vizantiya imperiyasi armiyasini Suriyadan quvib chiqarishadi.

Hind binti Utba va Asmo binti Abu BakrIslamic Conquest of Syria: A translation of Fatuhusham by al-Imam al-Waqidi Translated by Mawlana Sulayman al-Kindi Pages 325, 331-334, 343-344, 352-353 al-Baladhuri 892 [19-20] from The Origins of the Islamic State, being a translation from the Arabic of the Kitab Futuh al-Buldha of Ahmad ibn-Jabir al-Baladhuri, trans. by P. K. Hitti and F. C. Murgotten, Studies in History, Economics and Public Law, LXVIII (New York, Columbia University Press, 1916 and 1924), I, 207-211 kabi ayollar Yarmuk jangida muhim rol oʻynagan. Qadimgi tarixchilar Asmoning ushbu jangdagi jasoratiga katta baho berishadi. Al-Voqidiy tomonidan berilgan maʼlumotlarga koʻra Quraysh ayollari erkaklardan koʻra koʻproq jang qilgan. Har safar erkaklar jang maydonidan qochib ketganlarida, ayollar magʻlub boʻlgan taqdirlarida vizantiyaliklarga qul boʻlishlaridan qoʻrqib, yanada kuchliroq jang qilishganIslamic Conquest of Syria: A translation of Fatuhusham by al-Imam al-Waqidi Translated by Mawlana Sulayman al-Kindi Page 331-332 .

Oʻlimi Hijriy 73-yilning Jumodilavval oyi 17-sanasi seshanba kuni Asmoning oʻgʻli Abdulloh oʻldirilganidan bir necha kun oʻtib 100 yoshida vafot etganBewley/Saad 8, p. 180.Ibn Kathir, Al-Bidayah waʼl-nihayah, Vol. 8, p. 372, Dar al-fikr al-`arabi, Al-jizah, 1933Ibn Hajar Asqalani, Tahdhib al-Tahdhib, p. 654, Arabic, Bab fi’l-nisaʼ, al-harfu’l-alif, LucknowSiyar Aʼlama-nubala, Al-Zahabi, Vol. 2, pg 289, Arabic, Muassasatu-risalah, 1992.

Yana qarang

Sahobalar Oysha Ikkinchi fitna

Manbalar

Adabiyotlar

Asmo binti Abu Bakr (radiallohu anhu) Ummah.co saytida Turkum:692-yilda vafot etganlar Turkum:Abu Bakrning oilasi Turkum:Sahoba hadis roviylari Turkum:Roshidun xalifalarining farzandlari Turkum:Ayol sahobalar