Zinaida Mixaylovna Turchina (Qizlik familiyasi Stolitenko; 1946-yil 17-may, Kyiv) — sovet va ukrainalik gandbolchi, ikki karra olimpiya chempioni, ikki karra jahon chempioni, Yevropa chempionlar kubogining koʻp karra gʻolibasi va koʻp karra SSSR chempioni. SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi (1972). U Kyivning „Spartak“ jamoasida faoliyat yuritgan. 1965-yildan 1988-yilgacha SSSR terma jamoasida 500 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan.

2000-yilda Xalqaro gandbol federatsiyasi tomonidan oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, sayyoramizning 20-asrdagi eng yaxshi gandbolchisi deb topilgan.

1993-yildan „Kyiv-Spartak“ gandbol klubi prezidenti.

Tarjimai holi 1965-yilda Zinaida Stolitenko Spartak klubi bosh murabbiyi Igor Turchinga (1936-1993) turmushga chiqqan. Zinaidaning aytishiga qaraganda, oʻsha paytda butun jamoa Turchinga oshiq boʻlgan va murabbiy Zinaidaga taklif qilganini bilib, gandbolchilar turchinga qarshi boykot eʼlon qilishgan. 1971-yilda ularning oilasida Natalya ismli qiz dunyoga kelgan. 1983-yilda oʻgʻil farzandli boʻlishgan. Oʻgʻlining ismi Mixail.

Faoliyati 1959-yilda Zinaida Turchina maktab davrida Igor Turchin bilan mashgʻulotlarni boshlagan. 3 yil oʻtib, yaʼni 1962-yilda ularning saʼy-harakati bilan „Spartak“ gandbol klubiga asos solingan. Zinaida klubda 1994-yilgacha uzluksiz oʻynagan (1990-yildan oʻynovchi-murabbiy sifatida). 1989-yildan boshlab qizi bilan bir jamoada harakat qilgan. Zinaida Turchina 20 marta SSSR chempionligi, 1 marta Ukraina chempionligi va 13 marta Yevropa kubogini (bu turnir rekordi) qoʻlga kiritgan. 1994—1996-yillarda Zinaida Turchina Spartak gandbol klubi va Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan. 1993-yildan buyon „Spartak“ prezidenti.

Davlat mukofotlari

SSSR

Mehnat Qizil Bayroq ordeni „Hurmat Belgisi“ ordeni Xalqlar doʻstligi ordeni

Ukraina Olga Knyagina ordeni: I, II va III darajali. „Hizmatlari uchun“ ordeni: III darajaliUkaz Prezidenta Ukraїni № 755/2012 vіd 25 grudnya 2012 roku „Pro vіdznachennya derjavnimi nagorodami Ukraїni“

Manbalar

Turkum:Kiyevda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1946-yilda tugʻilganlar Turkum:17-mayda tugʻilganlar Turkum:Hurmat Belgisi ordeni sohiblari Turkum:Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari Turkum:Xalqlar doʻstligi ordeni sohiblari