Al-Muharrar al-Vojiz fit tafsir al-Kitob al-Aziz () yoki qisqacha al-Muharrar al-vojiz () nomi bilan atalgan asar Tafsir Ibn Atiyya () nomi bilan mashhur boʻlib, Qurʼonning klassik sunniy tafsiri hisoblanadi. Kitob muallifi Molikiy-Ashʼariy olimi Ibn Atiyya (vaf. 541/1147).
Bu asarni Tafsir bi al-Maʼtur (anʼanaviy talqin) bilan Tafsir bi ar-Raʼyni (aql asosidagi talqin) birlashtirgan tafsir deb atash mumkin. Biroq, asosan, tafsir bi al-maʼtur (anʼanalar yoki xabarlarga asoslangan tafsir) deb hisoblanadi.
Metodologiya
Ibn Atiyya o‘z uslubini shunday izohlagan: „Men bu tafsirda har bir oyatning so‘z tartibiga qarab tartiblaganman. Uning hukmi, grammatik o‘rni, lisoniy vazifasi, ma’nosi va talaffuzini turli qiroat usullarida tushuntirganman“.
Muallif dastlabki sahifalarda yangi tafsir yozish maqsadini bayon qilgan: Oldingi olimlar, shuningdek, Salaf as-Solih aytgan fikrlarni tasdiqlaydigan, Allohga bagʻishlangan va mulhidinlar (ateistlar, agnostiklar, bidʼatchilar, Allohga ishonmaydiganlar), islom dinini inkor etuvchilar va ezoterik taʼlimot tarafdorlariga (ahl-ul-il-batin) qarshi dalil vazifasini oʻtaydigan keng qamrovli, ammo ixcham asar yaratish.
Mazkur Qurʼon tafsirining muqaddimasi Artur Jefferi tomonidan nashr etilgan (1954).
Manbalar Ibn Atiyya o‘z tafsirida bir qancha avvalgi manbalarga tayangan. Ular quyidagilar:
Tabariyning (vaf. 310/923) Jome al-bayon fit tavil al-Qurʼon asari. Abu Bakr Muhammad ibn al-Hasan an-Naqqoshning (vaf. 351/962) Shifo as-Sudur asari. Makkiy ibn Abu Tolib al-Qaysiyning (vaf. 437/1045) Al-Hidoya ila Bulugʻ an-Nihoya asari. Abul Abbos Ahmad ibn Ammar al-Mahdaviyning (vaf. 430/1038) At-Tahsil li-Favoid at-Tafsil asari.
Tan olinishi
Ibn Atiyya tafsirlari keyingi avlod Qur’on mufassirlari uchun juda ta’sirli bo‘lgan. Uning ta’siri al-Qurtubiy (vaf. 671/1272-73), Abu Hayyon al-Gʻarnatiy (vaf. 745/1344) va Abdurrahmon as-Saolibiy (vaf. 875/1470) asarlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Al-Muharrar al-Vojiz Ispaniyada ham, undan tashqarida ham yuksak e’tirofga sazovor bo‘lgan. Kitob Abu Hayyon al-Gʻarnotiy (vaf. 745/1344) va Ibn Xaldun (vaf. 808/1406) tomonidan yuqori baholangan.
Ibn Haldun Ibn Atiyyaning sa’y-harakatlarini „Qur’onning barcha tafsirlarini jamlab, faqat eng to‘g‘risini kiritishga harakat qildi“, deya taʼriflagan.
Arab tilida ijod qilgan, ayniqsa Mag‘riblik tarixchilar Ibn Atiyya tafsirini asosan „odatiy“ Andalusiya tafsiri deb atash mumkin bo‘lgan tafsir vakili deb atashgan hamda uning bir oz qarama-qarshi fikrini asar janrining Qurʼon ilmi (Qurʼon maʼnolari va bilimi) sohasiga qoʻshgan katta hissasining foydali tasviri deb bilishgan. Bu fikrga koʻra, har bir yirik Andalusiya tafsirini muharrar deyish mumkin. Chunki Qurʼon oyatlarini tushunishda qoʻllaniladigan yondashuv keng qamrovli boʻlib, faqat bitta usul bilan bogʻliq emas.
Claude Gilliot „al-Muharrar“ni avvalgi asarlarning qisqartmasi sifatida tavsiflagan.
Muallif haqida
Ibn Atiyya Vohidiy an-Nisoburiy (vaf. 468/1075) avlodidagi asosiy Qurʼon sharhlovchi boʻlib, uning tafsir asari Andalusiya va Shimoliy Afrikada mazkur janr tarixidagi burilish nuqtasi boʻlgan.
Ushbu shaxs Al-Andalusning (hozirgi Ispaniya) Granada shahridan chiqqan tafsir va fiqh olimi bo‘lgan. Hadis, til va adabiyot fanlarini ham o‘rgangan. Almoraviylar imperiyasi davrida Almería qozisi etib tayinlangan.
Manbalar
Havolalar Tafsir Ibn 'Atiyya - Altafsir.com Tafsir Ibn 'Atiyya - Moroccan Minister of Religious Endowments and Islamic Affairs TAFSIR IBN ‘ATHIYYAH: Al Muharrar Al Wajiiz fii Tafsiir Al Kitaab Al ‘Aziiz
Ibn Atiyya