G‘aroib al-Qur’on va Rag‘oib al-Furqon (; ) yoki qisqacha G‘aroib al-Qur’on(), Tafsir an-Nisoburiy () nomi bilan mashhur bo‘lib, Qurʼonning mumtoz sunniy-so‘fiy tafsiridir. Muallifi Faxriddin Roziy tafsirlarini koʻp joylarda yaqindan kuzatib boradigan shofiʼiy-ashʼariy olim Nizomiddin an-Nisoburiydir (vaf. hijriy 730-y; milodiy 1330-yillar).
Ushbu asar Hindistonda Qurʼonning arab tilida yozilgan birinchi tafsiri edi. Bu tafsirning qo‘lyozma nusxasi Ahmadoboddagi Hazrat Pirmuhammad Shoh Sohib maqbarasi kutubxonasida mavjud.
Muallif ushbu tafsirni besh yilda tamomlagan.
Manbalar
Nizomiddin an-Nisoburiy o‘z tafsirini yozishda bir qancha manbalarga tayangan. Ular quyidagilar:
Faxriddin Roziyning (vaf. hijriy 606-yil; mil. 1210) Mafotih al-Gʻayb asari. Az-Zamaxshariyning (vaf. hijriy 538-yil; mil. 1144) Al-Kashshof asari. Vohidiy an-Nisoburiyning (vaf. hijriy 468-yil; mil. 1075—1076) Al-Vosit fit-tafsir al-Qurʼon al-Majid asari.
Tan olinishi
Muhammad Husayn az-Zahabiy yozishicha, ushbu tafsirni (vaf. hijriy 1313; milodiy 1895) o‘zining Ravzatul-jannat kitobida maqtagan.
Muallif haqida
Muallif fors matematigi, astronomi, faqih (huquqshunos), Qurʼon tafsirchisi, shoir boʻlib, asosan donishmand, yaʼni falsafa va mantiq bilimdoni hisoblangan. U Nisopurda tugʻilgan va Nizom al-Aroj nomi bilan mashhur boʻlgan. Uning oilasi va qabilasi Qum shahridan kelib chiqqan. Oʻqishni tugatgandan soʻng Hindistonga kelib, ehtimol, Davlatobodda qoʻnim topgan. Falsafa, geografiya va tasavvufga doir koʻplab kitoblar muallifi. U Lub at-tavil fit tafsir ul-Qurʼon nomli bir jilddan iborat Qurʼonning yana bir tafsirini yozgan. Vafot etgan aniq yili nomaʼlum boʻlsa-da, milodiy 1329-yildan keyin vafot etgani maʼlum. Mavjud maʼlumotlarda hijriy 710-yildan 728-yilgacha boʻlgan yillardan birida vafot etgani haqida turlicha maʼlumot berilgan.
Yana qarang
Tafsir al-Baydaviy Tafsir at-Tabariy
Manbalar
Qoʻshimcha oʻqish uchun
Havolalar Tafsir al-Nisaburi - Altafsir.com The Comprehensive Elucidation of the Interpretation of the Qurʼan - World Digital Library
Nisoburiy Turkum:Tasavvuf adabiyoti Turkum:Qurʼon tafsirlari Nisoburiy