Al-Bahr al-Madid fi Tafsir al-Qur’on al-Majid () yoki qisqacha al-Bahr al-Majid () nomi bilan atalgan asar Tafsir Ibn Ajiba () nomi bilan ham mashhur bo‘lib, sunniy so‘fiy tafsir asari hisoblanadi. Muallifi shoziliy-darqoviy amriga amal qilgan molikiy-[Mutakallimlar|ash’ariy]] olim Ahmad ibn Ajiba (vaf. 1224/1809).

Ushbu asar Qurʼonning har bir oyati uchun ham ekzoterik tafsir, ham tasavvufiy, ruhiy ezoterik ishora beradigan, anʼanaviy tafsirni ruhiy tafakkur bilan uygʻunlashtirgan, muqaddas matnning tashqi va botiniy maʼnolarini oʻrganuvchi yagona anʼanaviy Qurʼon tafsiri hisoblanadi.

O‘quvchi Qur’on matnining aksariyat oyatlariga ham ekzoterik, ham ezoterik tafsirlarni topa oladi. Qur’on nutqining asrlar davomida va muallif davrigacha bo‘lgan so‘fiylar tomonidan qay darajada tushunilganini kashf etadi.

Ibn Ajiba mazkur tafsirni besh yil davomida yozgan.

Manbalar

Ibn Ajiba tafsirini tuzishda bir qancha manbalarga tayanib, tafsirining oxirida manbalar nomini ham taʼkidlab oʻtgan. Ular quyidagilar:

Abdulloh al-Baydaviyning (vaf. 685/1286) Anvar at-tanzil va Asror at-tavil asari. Ebussund Efendining (vaf. 982/1574) Irshad al-aql as-Salim ila Mazaya al-kitob al-Karim asari. Abdurahmon al-Fosiyning (vaf. 1096/1685) Tafsiri Jalolayn asariga sharh. Ibn Juzayyning (vaf. 741/1340) At-tashil li-ulum at-Tanzil asari. Abu Isʼhoq at-Talabiyning Al-kashf va al-bayon asari. Abdulkarim al-Qushayriyning (vaf. 465/1074) Latoif al-ishorat asari.

Asarning hadis manbalariga toʻxtalsak, ular sunniylikning oltita yirik hadis to‘plami (Kutubi sitta) va ularning qimmatli sharhlaridir.

Asarning lingvistik manbalariga Al-Alfiyya, Ibn Malikning Kafiyya al-Shafiyya asari, Ibn Hishamning al-Tashil asari kabilar, Farro va Az-Zajjojning Maoniy al-Qurʼon asari kabi Qurʼon maʼnolari asarlari, shuningdek Ismoil Javhariyning As-Sihah va Az-Zamaxshariyning Asas al-Balagʻa kabi lugʻatlari va lugʻat kitoblaridir.

Tafsirlaridagi tasavvufiy manbalarning aksariyati Shimoliy Afrika, Al-Andalus yoki Misrga oid. Junayd Bagʻdodiy, [Abdulkarim al-Qushayriy|al-Qushayriy]], Gʻazzoliy, ash-Shadiliy, al-Mursiy, as-Sakandariy, ad-Darqoviy, Muhammad al-Buzidiy, al-Jiyliy, ash-Shushtariy, Bistomiy, Zarruq va Ruzbihon Baqliy kabi olimlardan iqtibos keltirgan. Ibn Ajibaning Ruzbihondan keltirgan iqtiboslari shu paytgacha e’tibordan chetda qolgan. Chunki Ibn Ajiba uni asarda „al-Vartajbiy“ () deb atagan.

Muallif haqida

Ahmad ibn Ajiba 30 dan ortiq islomiy tasavvufiy kitoblar yozgan shoziy-darqoviy shayx boʻlgan. Tetuan yaqinidagi qishloqda Andalusiyaning Ayn ar-Rumman („Anorlar bahori“) deb nomlangan togʻli qishlogʻidan boʻlgan sharifiy oilada tugʻilgan. Yoshligidan diniy ilmlarga moyillik koʻrsatib, diniy olim boʻlgan. Magʻribda (Afrikaning shimoli-gʻarbiy qismida) shoziliylik oqimining tarqalishiga hissa qoʻshgan Ibn Abbod Rundiy (vaf. Hijriy 792/milodiy 1390) sharhi va ni (Ibn Atoulloh Sakandariy hikmatlari yoki aforizmlari) oʻqigach, yoʻnalishi oʻzgargan.

Izohlar

Manbalar

Qoʻshimcha oʻqish uchun

سير الركائب النجيبة بأخبار الشيخ ابن عجيبة، تأليف: أحمد بن محمد بن الصديق الغماري الشيخ أحمد بن عجيبة ومنهجه في التفسير، تأليف: حسن عزوزي أعمال ندوة: الشيخ أحمد ابن عجيبة المفكر والعالم الصوفي التصوف كوعي وممارسة: دراسة في الفلسفة الصوفية عند أحمد بن عجيبة Havolalar Tafsir Ibn 'Ajiba Esoteric Hermeneutic of Ibn 'Ajiba Surat al-Kawthar: Sufi Tafsir: ibn 'Ajiba Note From The Translator: Ibn 'Ajiba's Tafsir of Verses 1-5 of Surat al-Kahf Divine Love in the Moroccan Sufi Tradition: Ibn 'Ajība (d. 1224/1809) and His Oceanic Exegesis of the Qur'ān The Philosophical Method in the Sufi Qur'anic commentaries

Ibn Ajiba Turkum:Tasavvuf adabiyoti Turkum:Qurʼon tafsirlari Ibn Ajiba