Baiba Bendika (27-iyun, 1991-yil; Cēsis, Latviya) — latviyalik biatlonchi va changʻichi. Latviya ayollar biatloni tarixida ilk Yevropa chempioni (2021-yilda).
Faoliyati 4 yoshidan changʻi uchish va futbol bilan shugʻullangan. 2000-yilda biatlon boʻyicha mashgʻulotlarni boshlagan. Bendikaning birinchi murabbiyi Yuris Stipnieks boʻlgan. Keyinchalik Valdis Berzins murabbiyligida mashgʻulot olib borgan. Rozul boshlangʻich maktabi, Cesis davlat gimnaziyasi va Vidzeme oliy oʻquv yurtini tamomlagan. Hozirda Ilmars Bricis va Vitaliy Urbanovich murabbiyligida mashgʻulot oʻtkazmoqda. 2011-yilgi jahon chempionatida terma jamoa safida debyut qilgan.
Avvaliga Bendika kamtarona natijalar koʻrsatgan. Har safar ham jahon chempionatiga chiqa olavermagan. 2012-yilda Germaniyaning Ruhpolding shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida debyut qilgan. Ammo yaxshi natija qayd eta olmagan. Jadvalda birinchi yuztalikning soʻnggi qismlaridan joy olgan. 2015—2016-yilgi mavsumga kelib Baibaning natijalarida keskin oʻsish kuzatilgan. Miltiqdan oʻq otish jarayonidagi tezligi va aniqligi sababli yaxshi natijalarga erisha olgan Kanadaning Canmore shahrida boʻlib oʻtgan jahon kubogi bosqichida sportchi nafaqat oʻzining saralashdagi dastlabki ochkolarini qoʻlga kiritgan, balki sprintda kuchli beshlikka kira olgan. Bu natija bilan Bendika biatlon boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Jahon kubogida Avstriya tarixidagi eng yaxshi natijani koʻrsatgan sportchiga aylangan. Keyinchalik biatlonchi Amerikaning Presque Isle shahrida boʻlib oʻtgan bosqichlarda ikki marta kuchli yigirmatalikka kirgan.
2018—2019-yilgi mavsumda umumjamoa hisobida 47-oʻrinni egallagan. Va bu koʻrsatkich toʻrt mavsum ichidagi eng yaxshi natija hisoblanadi. Baiba Bendika eng yaxshi natijasiga Pokljukada 15 km masofaga ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan individual musobaqada erishgan. Mazkur musobaqada beshinchi oʻrinni egallagan. Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1991-yilda tugʻilganlar Turkum:27-iyunda tugʻilganlar Turkum:2026-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida qatnashuvchi biatlonchilar