Henrique Hilário Meireles Alves Sampaio – (21-oktabr 1975-yil) portugaliyalik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi boʻlib, darvozabon sifatida faoliyat olib borgan. U hozirda Premyer liganing Chelsea klubida darvozabonlar murabbiyi sifatida ishlab kelmoqda.

U oʻz professional karyerasining koʻp qismini Portu va Chelsea tarkibida zaxira darvozaboni sifatida oʻtkazgan. U toʻqqiz mavsum davomida Premyer ligada 160 ta oʻyinda ishtirok etgan.

Klublardagi faoliyati

Porto va ijaradagi jamoalari Hilário Portoning São Pedro da Cova shahrida tugʻilgan. Portu yoshlar tizimida oʻynagach u yerni tark etib, Associação Naval de Maio va Académica de Coimbra bilan professional faoliyatini boshlagan va mos ravishda tegishincha Portugaliya Segundasida(Portugaliyadagi 2-divizion) va Segunda Divisão de Honrada faoliyat olib borgan.

Hilário 1996-19997-yilgi mavsum Vítor Baíaning Barselonaga transferi sabab Portuga qaytadi va Primeira Divisãoda 18 oʻyinda ishtirok etib, klubning ketma-ket uchinchi mavsum davomida ligani yutishiga katta hissa qoʻshadi. Baía 1999-yil yanvar oyida sobiq klubiga qaytdi va buning oqibatida Hilário yana zaxira darvozaboniga aylanib qoladi. Keyingi mavsumlarni esa u Portu B va yana toʻrt klubda ijara asosida oʻtkazadi.

Nacional 2004-yil yozida Portoni tark etgan darvozabon Nacional bilan shartnoma imzoladi. U birinchi mavsumida jamoa tarkibida 29 ta oʻyin oʻtkazdi, ammo shveysariyalik posbon Diego Benaglio kelgach asosiy tarkibdagi oʻrnini yoʻqotdi.

Chelsea thumb|Hilário 2010-yil Chelsea mashgʻulotlarida Hilário sobiq Porto bosh murabbiyi Jose Mourinho tomonidan 2006-yilning 1-iyun kuni Chelseaga olib kelindi. U klubga Petr Čech va Carlo Cudicinidan keyingi uchinchi darvozabon sifatida transfer qilingan, ammo 2006-yil 14-oktabr kuni Readingga qarshi oʻyinda ikkala darvozabon ham jarohat olganligi tufayli u asosiy tarkibdan joy oladi. U 18-oktabr kuni Stamford Bridge Barselonaga qarshi debyut qildi va quruq oʻyin oʻtkazgan holda jamoasi 1-0 hisobda gʻalaba qozonadi. Uning Premyer ligadagi debyuti uch kundan keyin Portsmouth bilan oʻyinga toʻgʻri keladi.

Hilário oʻsha mavsum jamoa tarkibida jami 18 ta oʻyin oʻtkazdi, ulardan sakkiztasida gol oʻtkazib yubormaydi, hattoki Sheffield United qarshi oʻyinda penaltini ham qaytaradi. 2007-yil fevral oyida Čechning safga qaytishi bilan u yana asosiy tarkibdagi oʻrnini yoʻqotadi va Arsenal qarshi Liga Kubogining finalida ham zaxirada qoldiriladi.

2009-yil yanvar oyida Cudicini Tottenham tarkibiga oʻtgach, Hilárioni ikkinchi darvozabon sifatida qoladi, oʻsha yili yoshlar jamoasi darvozaboni Rys Taylor birinchi jamoaga oʻtkazilgan edi.

Hilário 2012-2013-yil oxirida shartnomasi tugaganligi sababli klubni erkin agen sifatida tark etishi lozim edi. Biroq 1-avgust kuni sobiq murabbiy José Mourinho klubga qaytganidan soʻng, u klub bilan yangi bir yillik shartnoma imzolaydi. U oxir-oqibat mavsum yakunida jamoani tark etadi va avgust oyida 38 yoshida isteʼfoga chiqqanligini eʼlon qiladi.

Terma jamoadagi faoliyati Hilário Portugaliya terma jamoasi uchun birinchi chaqiriqni 2009-yilning noyabr oyida, yaʼni 34 yoshida, 2010-yilgi FIFA Jahon chempionatining saralashidagi Bosniya va Gersegovinaga qarshi saralash oʻyinida Eduardo uchun zaxira variant sifatida tarkibga kiritialdi. Ushbu oʻyinda Hilário zaxirada qoldirilgan va keyingi oʻyin 2010-yil 3-mart kuni Xitoyga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida ikkinchi boʻlimda Eduardo oʻrniga maydonga tushuriladi.

Murabbiylik faoliyati Hilário 2016-yil 22-iyulda Chelsega qaytdi va yangi tayinlangan menejer Antonio Conte tomonidan darvozabonlar murabbiyining yordamchisi etib tayinlandi. U 2018-yil avgust oyida Maurizio Sarri davrida asosiy darvozabonlar murabbiyiga aylandi.

Sovrinlari Portu

Portugaliya Premyer ligasi: 1996-97, 1997-98 Taça de Portugaliya: 1999-2000 Supertaça Cândido de Oliveira: 1999

Chelsea

FA Cup: 2008-09, 2009-10 Futbol ligasi kubogi: 2006-07 FA Community Shield: 2009-yil

Manbalar

Turkum:Angliyadagi portugaliyalik muhojir sportchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Portugaliya terma jamoasi futbolchilari Turkum:Portugaliya U21 terma jamoasi futbolchilari Turkum:Portugaliya yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:FC Porto futbolchilari Turkum:Segunda Divisão oʻyinchilari Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Portugaliyalik erkak futbolchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1975-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar