Erik ten Xag (1970-yil 2-fevral) — gollandiyalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi.

Futbolchilik

Ten Xag faoliyatini Eredivizionning „Tvente“ klubida markaziy himoyachi sifatida boshlagan. 1990-yilda „De Graafshap“ klubiga qoʻshiladi va ilk mavsumdayoq Eerste diviziyasida gʻoliblikni qoʻlga kiritadi. 1992-yilda „Tvente“ jamoasiga qaytdi. Ikki yildan soʻng esa „RKC Waalwijk“ klubiga oʻtadi. Ten Xag 1996-yilda uchinchi marta Tvente jamoasiga qaytib keldi va u yerda 2001-yilda KNVB kubogini qoʻlga kiritgan. 2002-yili 32 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlaydi.

Murabbiylik

Ten Xag oʻzining murabbiylik faoliyatini 2012-yilda Go Ahead Eagles klubida boshlagan va u yerda debyut mavsumining oʻzidayoq klubni Eredivizionga olib chiqqan. Keyin u 2013-yilda „Bavariya“ jamoasiga qoʻshildi va 2014-yilda „Bavariya“ yoshlar jamoasi bilan mintaqaviy ligasiga koʻtarildi. U 2015-yilda Utrextda sport direktori va bosh murabbiy sifatida Niderlandiyaga qaytdi. U 2017-yilda "Ayaks" jamoasida bosh murabbiy sifatida shartnoma imzoladi va u yerda uchta Erediviziya chempioni, ikkita KNVB kubogini qoʻlga kiritdi va jamoani 2018/2019-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi yarim finaliga olib chiqdi. 2022-yilda u „Manchester Yunayted“ bosh murabbiyi etib tayinlangan. Klubdagi dastlabki ikki mavsumida „Yunayted“ EFL kubogi va Angliya kubogini qoʻlga kiritgan.

Yutuqlar

Oʻyinchi De Graafschap

Erste diviziyasi: 1990/1991

Tvente

KNVB kubogi: 2000/2001Wallace, Sam (21 April 2022).

Murabbiy Bavariya II

Regionalliga Bavariya: 2013/2014

Utrext

KNVB kubogi sovrindori: 2015/2016

Ayaks

Eredivizion: 2018/2019, 2020/2021, 2021/2022 KNVB kubogi: 2018/2019 2020/2021 ikkinchi oʻrin: 2021/2022 Yoxan Kroyff qalqoni: 2019

Manchester Yunayted

Angliya kubogi: 2023/2024; ikkinchi oʻrin: 2022/2023 EFL kubogi: 2022/2023

Individual

Rinus Mishel mukofoti: 2015/2016 2018/2019 2020/2021 Premyer-ligada oyning eng yaxshi murabbiyi: 2022-yil sentyabr, 2023-yil fevral, 2023-yil noyabr

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Niderlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkaklar futbol markaziy himoyachilari Turkum:FK Tvente futbolchilari Turkum:De Graafschap futbolchilari Turkum:RKC Waalwijk futbolchilari Turkum:FC Utrecht futbolchilari Turkum:Eredivisie futbolchilari Turkum:Eerste Divisie futbolchilari Turkum:Niderlandiyalik futbol murabbiylar