Paulína Bátovská Fialková (25-oktyabr, 1992-yil; Brezno, Slovakiya) — slovakiyalik biatlonchi. Jahon kubogi sovrindori. Yozgi biatlon boʻyicha jahon chempioni va koʻp karra sovrindori. Slovakiyadagi eng yaxshi biatlonchi (2016—2017). 2014 va 2018-yillardagi qishki olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.
Faoliyati 19 yoshida Slovakiya terma jamoasi safiga qoʻshilgan. 2011—2012-yilgi mavsumdan beri jahon kubogi bosqichlarida qatnashmoqda. 2012-yilda Ruhpoldingda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida debyut qilgan. Mazkur musobaqaning sprint bahslarida 86-oʻrinni egallagan. Paulina Sochidagi olimpiadada ham ishtirok etgan. Ammo muvaffaqiyatga erisha olmagan.
2014-yil 13-mart kuni Finlandiyaning Kontiolahti shahrida boʻlib oʻtgan jahon kubogining sprint bahslarida Fialková birinchi marta kuchli oʻntalikka kirishga muvaffaq boʻlgan. Shu paytga qadar hech qanday ochkolarni qoʻlga kiritmagan edi.
2018-yil 25-mart kuni Paulina Tyumenda oʻtkazilgan mass-start bahslarida ikkinchi oʻrinni egallashga muvaffaq boʻlgan.
Paulína Bátovskáning singlisi Ivona Fialková ham biatlonchi. Paulina uchta tilda soʻzlasha oladi: slovak, rus va ingliz.
Paulina 2018—19-yilgi mavsumni muvaffaqiyatli oʻtkazgan va jahon kubogining turli bosqichlarida sovrindorga aylangan. Östersundda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida hech qanday jarima ochkolarisiz uchta aylanani bosib oʻtib, individual poygada gʻalaba qozonish imkoniyatiga ega edi. Ammo 4-bosqichda Paulina bitta xatoga yoʻl qoʻygan (poygada dastlabki 8 oʻrinni egallagan sportchilardan faqat Paulina bitta xatoga yoʻl qoʻygan) va chempiondan 45 soniya ortda qolib, beshinchi oʻrinni egallagan. Mavsumni Norvegiyaning Holmenkollbakken shahrida boʻlib oʻtgan 12,5 kmga mass-start musobaqasida 6-oʻrinni egallash bilan yakunlagan. Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:25-oktyabrda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar Turkum:2026-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida qatnashuvchi biatlonchilar