Dóra Maurer (1937-yilda Budapeshtda tugʻilgan) — vengriyalik rassom. U kino va fotografiya, rassomlik sanʼati, spektakllar va haykaltaroshlik kabi koʻplab sohalarda faoliyat olib boradi. Maurer 1970-yillardagi avangard ijodi bilan eʼtirofga erishgan. U keyinchalik sanʼat karerasini butun dunyo boʻylab namoyish etilgan zamonaviy va modern sanʼat taʼsiridagi ijod naʼmunalari orqali rivojlantiradi. Maurerning sanʼati matematik va murakkab tizimli jarayonlarga asoslangan. Dóra Maurerning aksariyat ishlari tomoshabinga variantlarni koʻrsatish va tomoshabin bu variantlar bilan nimalar qila olishi mumkinligi mavzusiga asoslanadi. Dóra Maurer ijodiga qoʻshimcha ravishda Budapeshtdagi Tasviriy sanʼat fakultetida professor va kurator boʻlgan.
Hayoti Dóra Maurer 1950-yillarda grafik rassomlikka oʻqigan. 1970-yillarda u fotografiya va harakatlanuvchi tasvirlarda ishlay boshladi, koʻpincha musiqachilar bilan hamkorlik qiladi. U, shuningdek, ijodiy ijro mahorat darslarini tashkil etadi. U 1970-yillardan boshlab tobora koʻproq geometrik va mavhum chizmalar va rasmlar yarata boshlaydi.
2019-2020-yillarda Tate Modernda uning yirik retrospektiv koʻrgazmasi boʻlib oʻtgan. White Cube galereyasi 2019-yildan Maurernining asarlarini taqdim qila boshladi. U shuningdek, Carl Kostyál tomonidan taqdim etilgan.
Ijodi Dóra Maurer ishlarida geometrik, matematik va konseptual tizimlarning barchasi mavjud. Dóra Maurer tomoshabin uning sanʼatini harakat sifatida koʻrishi uchun oddiy jarayonlar singari narsalarni koʻrsatishda turli davrlarni oʻrganadi. U shunchaki tomoshabinga turli xil narsalar bilan nima qilishlari mumkinligi haqida misollar keltiradi, ularni nima qilishlari haqida oʻylashga majbur qiladi. Maurerning barcha ishlarida geometrik kompozitsiyalar va dizaynlar aks ettirilgan. U foydalanadigan kompozitsiya, tasvirlar, chiziqlar, chiziqlar kengligi, ranglar, burchaklar va boshqalar bilan juda uslubiydir. Uning eng mashhur asarlaridan baʼzilari uning kvazi-fotosuratlaridan, „Harakatning qaytariladigan va oʻzgaruvchan bosqichlari“ seriyasidan va „Oʻzaro bogʻlanishlar“ seriyasidan olingan.
Koʻrgazmalari Shaxsiy koʻrgazmalari Dóra Maurer, Karl Kostyal, London, 2015-yil Ritter muzeyi — Suratlar, 2014-yil 18-oktabr—2015-yil 19-aprel 5tadan 6tasi, Kuratori Katharine Kostyal, White Cube Masons Yard, 2016-yil 24-may—2016-yil 9-iyul Dóra Maurer, Kurator: Ketrin Kostyal, White Cube Bermondsey, 2019-yil 12-sentyabr—2019-yil 3-noyabr Tate Modern — 2019-yil 5-avgust—2020-yil 5-iyul Dóra Maurer — SUMUS — Biz birgamiz, De Appel, Amsterdam, 2023-yil, 8-iyul—23-sentyabr
Manbalar
Turkum:Vengriyalik rassomlar