Mixaylo Vitaliyevich Zabrodskiy (; 1973-yil 24-yanvar, Dnepropetrovsk, Ukraina SSR, SSSR) – ukrainalik harbiy va siyosatchi. 2019-yil 29-avgustdan 2023-yil 20-martgacha IX chaqiriq Ukraina Oliy Radasining xalq deputati. Ukraina Qurolli kuchlarining yuqori harakatchan havo-desant kuchlari qoʻmondoni (2015—2017), Ukraina Qurolli kuchlari havo hujumi kuchlari qoʻmondoni (2017—2019). Ukraina Qahramoni (2014), general-leytenant (2016). Biografiyasi Dnepropetrovskda (hozirgi Dnipro) harbiylar oilasida tugʻilgan. 1994-yilda Sankt-Peterburgdagi A. F. Mojayskiy nomidagi Qizil Bayroq ordenli harbiy-muhandislik-kosmik akademiyasini tamomlagan, shundan soʻng Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlarida shartnoma boʻyicha besh yil xizmat qilgan. 2000-yilda Ukrainaga qaytgach, 95-alohida aeromobil brigadasida vzvod komandiri sifatida xizmat qila boshladi. 2005-yildan 2006-yilgacha xalqaro harbiy yordam dasturi doirasida Amerika Qoʻshma Shtatlardagi birlashgan shtab boshliqlari va armiya qoʻmondonligi kollejida malaka oshirgan. Ingliz tilini erkin gaplasha oaldi. 2009-yilda podpolkovnik unvoni bilan 95-alohida aviatsiya brigadasi shtab boshligʻi va komandirining birinchi oʻrinbosari boʻlgan. 2009-yil kuzida Kosovodagi Ukraina—Polsha tinchlikparvar batyaloni (UkrPolbat) tarkibiga kiruvchi 8-armiya korpusining 95-alohida aeromobil brigadasining harbiy xizmatchilaridan iborat Ukraina kontingenti qoʻmondoni lavozimiga tayinlangan. 2013-yil yanvar oyida 95-alohida aeromobil brigadasi (Jitomir) komandiri etib tayinlanadi. Ukraina sharqidagi qurolli mojaro paytida Zabrodskiy qoʻmondonligidagi 95-alohida aeromobil brigadasi Slavyansk va Kramatorsk shaharlarini toʻsib qoʻyish vazifasini bajargan, muhim punkt boʻlgan Karachun togʻini egallab olib, mudofaasini ushlab turgan.

Zabrodskiyning reydi 2014-yil yozida Zabrodskiy boshchiligidagi 95-brigada dushman chizigʻi orqasida reyd oʻtkazadi. Uch hafta ichida jangovar topshiriqlarni bajarib, Zabrodskiy brigadasi Slavyanskdan Mariupolgacha, soʻngra Rossiya-Ukraina chegarasi boʻylab 320 km masofani bosib oʻtadi va Lugansk orqali Slavyanskka qaytib keldi. Amerikalik ekspert Filipp Karber () fikricha, bu yaqin harbiy tarixdagi qurolli tuzilmaning eng uzoq davom etgan reydi. Brigada Kramatorskdan koʻchib oʻtib, Baxmut, Debalsevo, Saur-Mogila, Liman (oʻsha paytda Krasniy Luch), Luganskda rus va separatistik kuchlar bilan jang qiladi. Luganskda 95-brigada Lugansk aeroportini himoya qilib, qamalda qolgan Ukraina bataloniga yordam bergan. Reyd natijasida blokirovka qilingan ikki ukraina brigadasi ozod qilinadi va Lugansk aeroporti qaytariladi. 2014-yil 23-iyulda brigada oldingi chiziqqa qaytadi. 2014-yil 24-avgustda Ukraina Mustaqillik kuni sharafiga oʻtkazilgan paradda Donbass urushi ishtirokchilarining birlashgan parad batalyoniga qoʻmondonlik qiladi. 2015-yil mart oyida Ukraina Qurolli kuchlarining yuqori harakatchan havo-desant kuchlari qoʻmondoni etib tayinlanadi. 2015-yil 3—4-iyun kunlari Marinka uchun jangda Ukraina kuchlariga qoʻmondonlik qilgan. 2015-yil 1-avgustda unga „general-mayor“ harbiy unvoni, 2016-yil 5-dekabrda „general-leytenant“ harbiy unvoni berilganУказ Президента Украіни № 464/2015 «Про присвоєння військового звання» . 2017-yil iyun oyida Ukraina Milliy mudofaa universitetini sirtdan tamomlagan. 2017-yil sentyabr oyida Rossiya Tergov qoʻmitasi Mixaylo Zabrodskiyga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 356 va 357-moddalari (taqiqlangan urush va genotsid vositalari hamda usullaridan foydalanish) boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatadiВозбуждены уголовные дела в отношении 20 высокопоставленных лиц Министерства Обороны Украины «Официальный сайт Следственного комитета». 2017-yil noyabridan 2018-yil martigacha Ukraina sharqidagi urushda ishtirok etgan aksilterror operatsiya kuchlari qoʻmondoni.

Siyosiy faoliyati 2019-yilgi parlamentga navbatdan tashqari saylovda Yevropa birdamligi () partiyasidan ishtirok etgan (partiyaviy roʻyxatda 4-oʻrin). 2023-yil 17-mart kuni „Yevropa birdamligi“ partiyasidan xalq deputati Mixaylo Zabrodskiy Ukraina Qurolli kuchlari rahbariyatida ishlash uchun deputatlik mandatidan voz kechish toʻgʻrisida ariza yozgani maʼlum boʻladi. 2023-yil 20-martda deputatlar uning Ukraina xalq deputati sifatidagi vakolatlarini muddatidan oldin tugatish toʻgʻrisida ovoz berishdi. Mukofotlari Ukrainaning davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilishda koʻrsatgan shaxsiy jasorati, fidoyiligi va yuqori professionalligi uchun „Oltin yulduz“ ordeni bilan Ukraina Qahramoni unvoni (2014-yil 23-avgust) ; Ukrainaning davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilishda koʻrsatgan shaxsiy jasorati va qahramonligi, harbiy qasamyodga sodiqligi uchun III darajali Bogdan Xmelnitskiy ordeni (2014-yil 21-oktyabr)Указ Президента України № 817/2014 від 21 жовтня 2014 року «Про відзначення державними нагородами України» ; Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan faxriylar harakatini rivojlantirish, urush faxriylarini ijtimoiy himoya qilish va reabilitatsiya qilish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, koʻp yillik benuqson xizmati, harbiy burchini namunali bajarish masalalarini hal etishga qoʻshgan katta shaxsiy hissasi uchun Danila Galitskiy ordeni (2010-yil 22-fevral)Указ Президента України № 208/2010 від 22 лютого 2010 року «Про відзначення державними нагородами України» ; Ukraina Mudofaa vazirligining nishonlari: „Ukraina Qurolli kuchlariga 10 yil“, „Ukraina Qurolli Kuchlariga 15 yil“, I va II darajali „Vijdonli xizmati uchun“ medallari; Ukraina-Polsha tinchlikparvar „UkrPolbat“ batalyonining „Birgalikda xizmatlari uchun“ medali; „Ukraina Qurolli kuchlari quruqlikdagi kuchlarining havo qoʻshinlariga 15 yil“ koʻkrak nishoni. Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1973-yilda tugʻilganlar Turkum:24-yanvarda tugʻilganlar