Qirgʻiziston temir yoʻllari () – Qirgʻiziston temir yoʻllarini yurituvchi milliy korxona.

Tarmoq va harakatlanuvchi tarkibni kuzatish Qirgʻiziston temir yoʻli 320 km ga yaqin bir yoʻl liniyalaridan foydalanadi (umumiy yoʻl uzunligi 428 km). Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin Qirgʻiziston temir yoʻllari Sovet temir yoʻllaridan 2,500 ta yuk vagonlari, 450 ta yoʻlovchi vagonlari va 50 lokomotivlarni oldiWorld Bank. Biroq, 1998-yilgi moliyaviy inqiroz temir yoʻllarga sarflanadigan xarajatlarni keskin qisqartirdi.

Hozirgi temir yoʻl tarmogʻi sobiq Sovet Ittifoqidan qolgan merosga asoslangan va shuning uchun 1520 mm kenglikdagi oʻlchamga ega.

Trafik Yuk tashish 1990-yildagi 2,620 million t/kmga nisbatan 2001-yilda 330 million t/km boʻlgan. Bu 1990-yildagi darajasining atigi 13 foizini tashkil etadi va hali ham pasaymoqda. Yoʻlovchi tashish 1990-yildagiga nisbatan atigi 25 foizni tashkil qiladi. Yuk tashish xizmatlari foydali boʻlsa-da, yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish pul yoʻqotmoqda, chunki tariflar Monopoliyaga qarshi qoʻmita tomonidan tartibga solinadi hamda sayohat uzoq masofalar va sekin temir yoʻllarga bogʻliq boʻlib qolgan. Shuningdek, 1990-yillarning oxirida Farg‘ona vodiysidagi murakkab postsovet chegaralari oʻtkazuvchanligi pasaygach, bir vaqtlar Bishkek va O‘shni bogʻlab turgan chiziq yaroqsiz boʻlib qoldi. Ichki esa yoʻnalish Toshkent (O‘zbekiston) va Xo‘jand (Tojikiston) orqali oʻtgan edi.

Elekrtlashtirish 2008-yilda poytaxt Bishkekni Qozogʻiston temir yoʻl tarmogʻi bilan bogʻlaydigan liniyani elektrlashtirish boʻyicha ishlar boshlanishi eʼlon qilindi, ammo 2021-yilda ham ish hali boshlanmagan ediInternational Railway Journal, March, 2008 .

Qoʻshni mamlakatlar bilan temir yoʻl aloqalari Qozogʻiston – mavjud Oʻzbekiston – mavjud Tojikiston – mavjud emas Xitoy – mavjud emas

Manbalar

Turkum:Qirgʻiziston iqtisodiyoti