Azizbek Toʻlqinbekov (2007-yil 10-fevralda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional futbolchi. Oʻzbekiston Superligasining „Bunyodkor“ klubida markaziy himoyachi ampulasida toʻp suradi.

Biografiyasi

Umidli futbolchi 2024-yilda The Guardian nashri eʼlon qilgan jahonning eng umidli oʻyinchilari TOP-60 lik roʻyxatga Azizbek Toʻlqinbekovni ham kiritgan .

Klub faoliyati Azizbek „Bunyodkor“ futbol klubining akademiyasi tarbiyalanuvchisi. Uning birinchi murabbiyi Yevgeniy KazakovAzizbek Tulkinbekov: Rekordsmen Superligi, vpechatlyayuщiy universalnostyu. Toʻlqinbekov „Bunyodkor“ safida 2022-yil 7-noyabr kuni, Oʻzbekiston Superligasi turniri doirasida „Qoʻqon 1912“ jamoasiga qarshi oʻyinda debyut oʻyinini oʻtkazgan. Azizbek 15 yosh, 8 oy va 28 kunligida oʻzining professional faoliyatidagi ilk oʻyinini Ivan Bošković murabbiyligida oʻtkazgan. Bu bilan u ligadagi eng yosh debyutantga aylangan. 2023-yilda Oʻzbekiston Superligasida bu safar ham bitta oʻyinda ishtirok etgan. 2024-yilgi mavsumda Azizbek „Bunyodkor“ asosiy jamoasining doimiy aʼzosiga aylandi. Mavsum davomida Oʻzbekiston oliy divizionida 17 ta oʻyinda, shuningdek, Oʻzbekiston Kubogida 4 ta oʻyinda maydonga tushgan. Toʻlqinbekov mavsum davomida professional faoliyatidagi ilk golini „Jayxun“ klubi darvozasiga kiritganOtchyot o matche „Bunyodkor“ – „Djayxun“.

2024-yil 15-oktyabrda u Angliyaning The Guardian gazetasi tomonidan 2007-yilda dunyoga kelgan eng yaxshi futbolchilardan biri sifatida eʼtirof etilganAzizbek Tulkinbekov – v spiske luchshix talantov The Guardian.

Terma jamoadagi faoliyati Toʻlqinbekov Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi aʼzosi boʻlib, Oʻzbekiston U17 terma jamoasi safida 2023-yilgi AFC U-17 Osiyo chempionati va 2023 -yilgi FIFA U-17 Jahon chempionatida ishtirok etgan va 17 ta uchrashuvda maydongga tushggan. 2024-yildan buyon Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi tarkibidagi oʻyinlarda ishtirok etmoqdaAzizbek Tulkinbekov: Rekordsmen Superligi, vpechatlyayuщiy universalnostyu. Yoshlar terma jamoasi tarkibida jami 16 oʻyin oʻtkazgan va 2 ta gol muallifi boʻlgan (ikkalasi ham Kambodja yoshlar terma jamoasigaMolodejnaya sbornaya Uzbekistana razgromila Kambodju).

Manbalar

Havolalar

Azizbek Toʻlqinbekov Transfermarkt saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Toshkentlik futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:2026-yilgi Osiyo oʻyinlaridagi futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari Turkum:Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi futbolchilari