Asadbek Rahimjonov (2004-yil 17-fevralda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik futbolchi. Oʻzbekiston Superligasining „Bunyodkor“ futbol klubi yarim himoyachisi.

Futbolchilik faoliyati Turon klubi maktabi tarbiyalanuvchisi. Asadbek 2021-2022-yillarda Yaypanning „Turon“ klubi klubining U-19 yoshlar jamoasida oʻynagan. 2023-yil mavsumda Oʻzbekiston 23 yoshgacha futbol terma jamoasi murabbiyi Temur Kapadze Asadbekni „Olimpik“ jamoasiga taklif etgan. Asadbek 2023-yilgi mavsumni ijara asosida „Olimpik“ klubida boshlagan. 2023-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Superligasidagi debyutini 1-yurda „Paxtakor“ klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan va 89 daqiqada zahiradan maydongga tushgan. Mavsum davomida „Olimpik“ jamoasining asosiy jamoasining muhm futbolchilaridan biriga aylandi va liga oʻyinlarida 20 ta oʻyin oʻtkazgan. Oʻzbekiston Kubogi baxslarida 4 ta oʻyinda ishtirok etgan.

2024-yilgi mavsum boshida Olmaliqning „OKMK“ jamoasi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. Shartnomaga koʻra Asadbek bir mavsum davomida „Olimpik“ jamoasida ijara asosida oʻynaydi.

Terma jamoadagi faoliyati Oʻzbekiston U23 terma jamoasi aʼzosi sifatida 2022-yilda Xitoyda boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida ishtirok etib, hal qiluvchi bahsda Honkongni 4:0 hisobida magʻlub etib, uchinchi oʻrinni egallagan. 2024-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida Oʻzbekiston ikkinchi oʻrinni egallab, Parijdagi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan

Parijda 2024-yilgi Olimpiada oʻyinlari boshlanishi arafasida Timur Kapadze Rahimjonovni turnirda qatnashadigan futbolchilarning kengaytirilgan roʻyxatiga kiritgan.

Yutuqlar

AFC U-23 Osiyo kubogi finalchisi: 2024

Manbalar

Havolalar

Asadbek Rahimjonov OʻzPFL saytida

Asadbek Rahimjonov Transfermarkt saytida

Asadbek Rahimjonov Flashscore saytida

Turkum:2004-yilda tugʻilganlar Turkum:17-fevralda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Olimpik jamoasi futbolchilari Turkum:Turon klubi futbolchilari Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Olimpiya milliy terma jamoasi futbolchilari Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar