Mikrosefaliya ( – kichik va – bosh) – bosh suyagi va shunga mos ravishda tananing boshqa qismlarining normal oʻlchamlari bilan miya hajmining sezilarli darajada qisqarishi. Mikrosefaliya aqliy yetishmovchilik bilan birga yuzaga chiqadi. Bu kam uchraydigan kasallik boʻlib, oʻrtacha 6-8 mingtadan 1 tasida uchraydi .
Mikrosefaliya sabablari Mikrosefaliya sabablari turli omillar boʻlishi mumkin: radiatsiya, infektsiyalar, dorilar, genetik kasalliklar va boshqalar. Tugʻma mikrosefaliyaning sabablaridan biri intrauterin infektsiyalar boʻlishi mumkin – masalan, qizilcha, sitomegalovirus, toksoplazmoz, Denga isitmasi, ehtimol Zika isitmasi va boshqalar. Mikrosefaliya quyidagi sindromlarga xosdir:
trisomiya 18 (Eduards sindromi); trisomiya 13 (Pata sindromi); trisomiya 21 (Daun sindromi); Cri de Cat sindromi ; Miller-Dieker lissensefali sindromi ; Prader-Villi sindromi va boshqalar; xomilalik spirtli ichimliklar sindromi ; Digidropteridin reduktaza yetishmovchiligi – bemorlarning 25 foizida mikrosefaliya kuzatilad; 5,10-Meteniltetragidrofolat sintetaza yetishmovchiligi.
Davolash Mikrosefaliya uchun maxsus davolash mavjud emas. Davolash asosan paydo boʻlgan simptomlarni bartaraf etishga qaratilgan boʻladi.
Eslatmalar
Havolalar
Mikrosefaliya // MedlinePlus NINDS mikrosefaliya haqida maʼlumot sahifasi (pdf ) Turkum:Kasalliklar Turkum:Daun sindromi Turkum:Pata sindromi