Stephen King ( 21-sentyabr 1947-yil, Portlend, AQSh) – amerikalik yozuvchi, dahshatlar, triller, qorquv, fantastika, mistika janrlarida ijod qiladi. Tan olingan „dahshatlar qiroli“. Yahudiy oilasida tavallud topgan.
Shuningdek, quyidagi taxalluslar ostida mashhur: Richard Baxman (Richard Bachman). Bu ism ostida King „Jahl“, „Uzoq sayr“, „Yoʻl ishlari“, „Yugurib ketayotgan odam“, „Ozayotgan“ va „Regulyatorlar“ asarlarini yozgan. Jon Svifen (John Swithen) – faqat qissalar uchun ishlatiladi.
Qiziqarli faktlar Stiven King Lost televizion serialining muhlisidir va bu shou haqida „Entertainment Weekly“ gazetasi uchun maqola yozadi. King Gary Troup taxallusi ostida serial bilan bogʻliq „Bad Twin“ kitobini yozganligi haqida maʼlumotlar mavjud. Stiven King oʻylab topilgan Kastl Rok (Castle Rock) shahrining yaratuvchisi. Stiven King fobiyalarga boy inson, u: masxarabozlardan, koʻrshapalaklardan, kalamushlardan, oʻrgimchaklardan, yopishqoq buyumlardan, ilonlardan qoʻrqadi. Dahshatli romanlarni shunchalik ishonarli yozishiga sabablardan biri ehtimol aynan shudir. Havolalar Yozuvchining rasmiy sayti Rus tilidagi sayt
Internetdagi elektron kutubxonalarda OʻzLib kutubxonasi Manbalar
Turkum:Amerikalik yozuvchilar Turkum:AQSh fantastlari Turkum:Amerikalik erkak aktyorlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Amerikalik filantroplar Turkum:Alifbo boʻyicha yozuvchilar