Maxkamov Toxir Turgunovich (12-noyabr 1971-yil, Qoʻqon, Fargʻona, OʻzSSR) — O‘zbekkonsert» davlat muassasasi Farg‘ona viloyati bo‘limi xonandasi va bastakori. "Do‘stlik" ordeni sohibi.
Hayoti Tohir Mahkamov 1971-yil 12-noyabrda Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida tavallud topgan. Ota-onasi oddiy ishchi boʻlib, ularning jami 7 farzandlari (3 oʻgʻil, 4 qiz) bor boʻlgan. Tohir Mahkamov esa oilada kenja farzand boʻlgan. Tohir Mahkamov oilali boʻlib, uning 3 farzandi (1 oʻgil, 2 qiz) va 3 nabirasi bor. Uning oʻgʻli Ibrohim Mahkamov ham otasining izidan xonanda boʻlib yetishgan. Uning Fargʻona davlat universitetida huquqshunoslik fakultetida tahsil olganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar ham bor.
Tohir Mahkamov, dastlab, doira va baraban cholgʻularini ijro etishga qiziqqan. Buni sezib ota-onasi unga baraban cholgʻusini olib berishgan. Shundan boshlab u 4-sinfligidayoq toʻylarda baraban ijro etib, sozandalik faoliyatini boshlab yuborgan. Tohir Mahkamov maxsus musiqiy taʼlim olmagan, lekin sintezator ijro etishni oʻrgangan. U 8-sinfligida Habib Saʼdullaning „Nur qadri“ (1998) kitobi qoʻliga tushib, uning „Nechun oʻz holimga qoʻymaysam ey gap?“ sheʼrini kuyga solib ilk qoʻshigʻini yaratgan. Ushbu qoʻshiqni bir necha xonandalarga tavsiya qilgan, lekin ularning koʻpchiligi ushbu taklifni rad etishgan. Ammo xonanda Siddiq Mahmudov uning taklifini qabul qilib, qoʻshiqni kuylagan.
Ijodi Tohir Mahkamov xonanda sifatida ijodini 1991-yildan boshlagan. Hozirgi vaqtga kelib esa 20 dan ortiq musiqiy albom chiqarib, 600 dan ortiq qo‘shiq ijro etgan. Bastakor sifatida koʻp xonandalarga 100 dan ortiq xit qo‘shiqlar bastalagan. 2024-yilda „Ahmad Yassaviy“ nomli orden bilan taqdirlangan. +QoʻshiqlariNomiShoirBastakorYilMen o‘zimni sevamanMarhabo KarimovaTohir MahkamovMasxarabozTohir MahkamovTikka turib o‘lganim bo‘lsinBahrom IsmoilTohir MahkamovZebojonMuhammad YusufTohir MahkamovEy gapHabib SaʼdullaTohir Mahkamov1986Beshak biling bu dunyoAhmad YassaviyTohir MahkamovQiyomat kunAhmad YassaviyTohir MahkamovQoʻqonjonga qiz uzatingTohir MahkamovToʻy boʻladiTohir Mahkamov
Havolalar
Tohir Mahkamovning Youtube kanali
Manbalar
Turkum:Qoʻshiqchilar Turkum:Oʻzbekistonlik qoʻshiqchilar Turkum:Bastakorlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar