Hatice Şendil – 1983-yil 2-avgust kuni Istanbulda tavallud topgan turk aktrisasi.
Yoshligi va taʼlimi Hatice Şendil 1983-yil 2-avgustda Istanbulga koʻchib kelgan muhojirlar oilasida tugʻilgan. Uning onasi Istanbullik, otasi esa Antaliyadan. Haticening ikkita singlisi bor.
Aktrisa dastlab, Universitetda biznes boshqaruvi boʻyicha taʼlim olgan. 2001-yilda oʻtkazilgan „Turkiya goʻzali“ tanlovida ishtirok etib, 3-oʻrinni egallagan. Keyin u Yevropa Goʻzallik Tanlovida (Yevropa goʻzali) 4-oʻrin sohibasi boʻlgan. 2001-yilda Çelik Erişçining 8-qoʻshiqlar albomidan „Töre“ nomli qoʻshiq uchun olingan klipda rol oʻynagan. Aktrisalik faoliyatidan tashqari ot minish darslari bilan ham shugʻillangan.
Faoliyati 2008-2010-yillarda „Kurtlar Vadisi Pusu“ serialida Ebru Alemdar rolini ijro etgan.
U 2010-2011-yillar oraligʻida televideniyada namoyish etilgan „Karadağlar“ serialida Erdal Özyağcılar, İbrahim Çelikkol, Korel Cezayirli, Burak Sağyaşar, Ahmet Rıfat Şungar va Güzin Özyağcılar bilan birgalikta rol ijro etgan. Bu serial orqali Gülhayat obrazini gavdalantirgan.
U 2012-2014-yillarda namoyish etilgan „Dila Hanım“ serialida Erkan Petekkaya, Mahir Günşiray, Necip Memili ve Yonca Cevher kabi mashhur aktyorlar bilan birgalikda rol oʻynagan.
U 2014-2015-yillar oraligʻida efirga uzatilgan „Kaderimin Yazıldığı Gün“'' serialida Özcan Deniz bilan birga bosh rolda oʻynagan.
Shaxsiy hayoti Hatice Şendil 2015-yilda Burak Sağyaşar bilan turmush qurgan. 2017-yilda ular oʻgʻil farzandli bo`lishgan va unga Can deb ism qo`yishgan. Manbalar
Turkum:1983-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar